Hukumat qarori bilan moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanishda huquqbuzarlik sodir etgan yoki ekologiyaga zarar yetkazganlarni foto va videoga olib, yuborgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi. Huquqbuzarlik haqida birinchi bo‘lib xabar berganlarga BHMning 1 baravari — 270 ming so‘m to‘lanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish choralari, YPX xodimini suratga olishga qarshiligini aytgan Svetlana Artikova, Ramazon oyining boshlanishi, Urganchda quriladigan Al-Xorazmiy shaharchasi, valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralar yetarli ekanini ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev, tibbiyot xodimlarining hijob kiyishi bo‘yicha taqiq olib tashlangani va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 31 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yillik hosil bo‘layotgan maishiy chiqindilar miqdori 7 million tonnaga yetganini ma’lum qildi. Davlat rahbari 2022 yilda maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish vazifasini qo‘ydi. «Odamlarimiz hatto eshigi va hovlisi atrofini tozalashdan, daraxt, gul, ko‘chat ekib, saranjom-sarishta qilib qo‘yishdan erinadigan bo‘lib qoldi», — dedi prezident.
Toshkent viloyatida ekologiya sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Qolaversa, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun 14 nafar mas’ulga «xayfsan» berildi.
Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.
AQSh elchixonasida joylashgan havo tozaligi nazorat stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish indeksi 3 dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra rekord — 190 darajani tashkil qilmoqda.
Tanzila Narbayeva ekologiya sohasida amaldagi qonunlar javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Senat raisi ushbu sohada barcha mas’uliyatni kuchaytirib, natijaga ishlashi kerakligini ta’kidladi.
2009 yilning oxiridan boshlab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida nazoratsiz ravishda asriy daraxtlar kesib tashlanmoqda. Biz maktab partalarida eshitganimiz buyuk ajdodlarimizning merosidan ibrat olmasdan, o‘z qo‘llarimiz bilan vatanimizni sahroga aylantirmoqdamiz. Tarixchi Tair Gyul Temuriyzodalar o‘z imperiyalarini ko‘kalamzorlashtirishga qanday e’tibor qaratganlari, O‘rta Osiyo bog‘chilik san’atining dunyoga ta’siri hamda nima sababdan ota-bobolarimizning yashil an’analarini davom ettirishimiz lozimligi haqida so‘zlab berdi.
Abdiraxman Saparov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi tayinlandi.
Sergeli tumanida 14 tup daraxt ekskvator bilan noqonuniy tarzda qo‘porib tashlandi. Yetkazilgan zarar 151 mln 194 ming so‘mga baholanmoqda.
O‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish va ularni kesish, ekinlarni yo‘q qilish uchun jarimalar miqdori 50−100 BHM dan 100−150 BHM gacha oshirildi. Shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi.
9 oy davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 37 mingdan ortiq qonunbuzarliklar aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar hajmi 15 mlrd so‘mdan ortiq deb baholanmoqda. 22 holatda jinoyatchilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar ko‘rib chiqiladi hamda ularni yuborganlar huquqbuzardan undirilgan jarimaning 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Dehqonobod kaliy zavodi atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855,5 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi.
Toshkent viloyatida 37 tup daraxt, jumladan, 26 tup ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,1 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklab tashlanganini tasdiqladi. Daraxt kesilgan joyga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham tashrif buyurdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting