Germaniya va O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi sohasidagi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati 10 mln yevro bo‘lib, 2022−2026-yillarda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
«Yashil makon» harakati doirasida kuz va bahor mavsumida jami 213 mln tup daraxt va buta ekildi, deb ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi. Mazkur daraxtlarni parvarishlashga mas’ul bo‘lgan 109 nafar mansabdor talablarni bajarmagani bois jami 311 mln so‘m miqdorda jarimaga tortildi.
Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ekopartiya raisi Narzullo Oblomurodovning nomzodi quyi palata deputatlari tomonidan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga ma’qullandi. Qo‘mitaning oldingi rahbari prezident tanqididan so‘ng ishdan olingandi.
Yakkasaroy tumanida 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan 1 mlrd 890 mln so‘m undirilgan edi. Deputat Rasul Kusherbayev departament bu pullarni Ekoqo‘mitaga o‘tkazmayotgani haqida post qoldirib, biroz vaqtdan so‘ng uni o‘chirib tashlagandi. 28 dekabr kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof — muhitni muhofaza qilish boshqarmasi jarima puli Ekoqo‘mitaga o‘tkazilganini ma’lum qildi.
«Sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar» uchun Ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting