Endilikda O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan diniy mazmundagi materiallar ijobiy xulosa olingandan keyin gologramma bilan tamg‘alanadi. Shuningdek, sayt va fuqarolar tomonidan xorijda tayyorlangan diniy materiallarni ijobiy xulosa olmasdan tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda 10 dan ortiq yangi turdagi ekspertizalarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, video va fototexnika, videolarda transportning harakatlanish tezligini aniqlash, gazli va elektroshoker qurollar, avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlari portlashi, qolaversa, internetda bulutli servislar ekspertizasi o‘tkaziladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sevimli telekanali orqali efirga uzatilayotgan «Sabriya» milliy serialidagi behayo sahna ko‘rinishlari jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lganidan so‘ng, AOKA serial ekspertizadan o‘tkazilishini ma’lum qildi.
1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi, loyiha hujjatlari esa akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Adliya vazirligi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Jarayonga jamoatchilik jalb qilinadi — fuqarolar regulation.gov.uz portalida cheklist to‘ldirib normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting