Safoyev va Kamilov AQShda elchilik qilishdan avval ham, keyin ham TIVga rahbar bo‘lgan. G‘ulomov esa qariyb butun Yevropa uchun elchilik qilgach, so‘ng xuddi shu ishni qariyb butun Amerika qit’asi uchun bajargan. O‘zbekistonning AQShdagi eng birinchi elchisi u yerda butunlay qolishga qaror qilgan.
Senat O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga ilgari tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Furqat Sidiqov nomzodini ma’qulladi. 2017 yildan buyon ushbu diplomatik missiyani boshqarib kelayotgan Javlon Vahobov Sidiqov ketgan lavozimni egallashi mumkin.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Beybut Atamqulov o‘z ish faoliyatini boshladi. Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qabul qilib oldi.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Jazoirning yangi tayinlangan elchisi Bumedian Gennadning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar Jazoir kompaniyalarining O‘zbekistonda avtomobilsozlik, neft-gaz sanoati, AKT va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarda ishtirokini muhokama qildi.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Darxon Satibaldi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda qo‘l ostidagi xodimning korrupsiyasi uchun iste’foga chiqqan Umirzoq Shukeyevning o‘rnini egalladi.
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev o‘rindoshlik asosida mamlakatning Vengriyadagi diplomatik vakolatxonasini ham boshqaradi.
O‘zbekistonda Falastinning qayta tayinlangan elchisi Javad Muhammad Avad o‘z faoliyatini boshladi. Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Mikal Kvistad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zaro suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
AQSh mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegatsiya Toshkentda chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda AQshning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Mansurbek Qilichev O‘zbekistonning Misrdagi elchisi lavozimiga tayinlandi.
Aurelia Bushez Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. U ilgari Fransiyaning Ozarbayjon elchisi va Yevropa Ittifoqining Qozog‘istondagi delegatsiyasi rahbari sifatida ishlagan.
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov endi bir vaqtning o‘zida Braziliyadagi elchi vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, u O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi vazifasida ham faoliyat olib boradi.
Muxsinxo‘ja Abduraxmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindistonning yangi elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting