«elektr» tegli maqolalar


“Energiya manbalari yetarli bo‘lmasa, iqtisodiy o‘sish ham bo‘lmaydi” — Shavkat Mirziyoyev
28 yanvar 2025, 16:30

“Energiya manbalari yetarli bo‘lmasa, iqtisodiy o‘sish ham bo‘lmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident 2025-yilda iqtisodiy o‘sish sur’atini kamida 6 foiz darajasida saqlab qolish va YAIM hajmini 125 mlrd dollardan oshirish vazifasini qo‘ydi. Rahbarlarga energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni 15−20 foizgacha qisqartirish va qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
21 yanvar 2025, 10:35

Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Toyloq tumanida fuqaro o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 1,3 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi. Namangan shahrida esa fuqaro novvoyxonasini gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, 362 mln so‘mlik zarar yetkazdi.

Limitdan oshgan elektr uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori aholi uchun emas, yuridik shaxslar uchun o‘zgardi — Energetika vazirligi
4 yanvar 2025, 20:31 4

Limitdan oshgan elektr uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori aholi uchun emas, yuridik shaxslar uchun o‘zgardi — Energetika vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’moli 200 kVt/soatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘m to‘lanishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Limitdan oshgandagi qo‘shimcha to‘lov miqdori aholiga emas, tadbirkorlarga kamaygan.

Bir yilda 8 mingdan ortiq holatda energoresurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
26 dekabr 2024, 22:34

Bir yilda 8 mingdan ortiq holatda energoresurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

2024-yil davomida 8289 ta holatda elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi, ularda 1 trln 409 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Qoidabuzarlik qilgan 51 ta gaz zapravkaning litsenziyasi bekor bo‘ldi, 1,5 mingdan ortiq iste’molchiga bayonnoma tuzildi.

O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish proaktiv formatga o‘tkaziladi
24 dekabr 2024, 16:01 3

O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish proaktiv formatga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish bo‘yicha davlat xizmatlari proaktiv formatga o‘tkazilmoqda. Ya’ni ular fuqarolarning murojaatlarisiz tekshiriladi. Yana oltita xizmat kompozit formatda taqdim etiladi.

O‘zbekiston banklari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilmoqchi
20 dekabr 2024, 15:25

O‘zbekiston banklari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilmoqchi

2025-yilda O‘zbekiston banklari tadbirkorlar ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Davlat rahbari kichik biznes uchun kreditlar ulushi 28 foizdan 40 foizga oshishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda
3 dekabr 2024, 10:27

O‘zbekistonda energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

Toshkentda elektr energiyasi behuda sarflanishiga qarshi reydlar amalga oshirilmoqda. Prokurorlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzib, ularni jarima va elektr tarmog‘idan uzish ehtimolidan ogohlantirmoqda.

Issiqxonalarga gaz yetkazib berishda cheklovlar yo‘q — Energetika vazirligi
22 noyabr 2024, 15:26

Issiqxonalarga gaz yetkazib berishda cheklovlar yo‘q — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi issiqxona xo‘jaliklariga gaz yetkazib berishda cheklovlar mavjudligini rad etdi. “Issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan holda tabiiy gazdan foydalanish imkoniyatiga ega”, — deyiladi xabarda.

“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — davlat siyosati” — prezident
28 avgust 2024, 14:17

“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — davlat siyosati” — prezident

Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

HET elektr iste’moli uchun ijtimoiy normani hisoblash tartibini tushuntirdi
9 iyul 2024, 10:45

HET elektr iste’moli uchun ijtimoiy normani hisoblash tartibini tushuntirdi

Tarmoqlarda iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalari iste’molni ijtimoiy norma doirasida noto‘g‘ri hisoblayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. HET nima uchun bunday bo‘layotganini tushuntirdi.

Olti oyda 550 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
8 iyul 2024, 15:53

Olti oyda 550 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi

O‘zbekistonda olti oyda 550 mlrd 290 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4537 ta iste’molchi qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan.

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda
10 iyun 2024, 21:29

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda

Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Buxoroda ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi
9 oktabr 2023, 12:11

Buxoroda ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

Jondor tumanida ikki erkak tanishining uyida ustachilik qilayotgan paytda tok urishi oqibatida vafot etdi.

Avgustda 46,2 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
5 sentabr 2023, 10:05

Avgustda 46,2 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda avgust oyida 26,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 19,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlar, o‘tgan oyda bo‘lgani kabi, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida eng ko‘p qayd etilgan.

Iyulda 40 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
8 avgust 2023, 16:23

Iyulda 40 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda iyul oyida 28,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 11,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda elektr, gaz yoki vodoprovodga noqonuniy ulanish o‘g‘irlik etib belgilandi
14 mart 2023, 12:45

O‘zbekistonda elektr, gaz yoki vodoprovodga noqonuniy ulanish o‘g‘irlik etib belgilandi

Qonun bilan elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik deb belgilandi. MJtK va JKga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi ushbu jinoyatni sodir etganlar 6 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilga qamalishi mumkin.

Fevralda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari yanvarga nisbatan 4 marta ko‘paydi
3 mart 2023, 09:25

Fevralda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari yanvarga nisbatan 4 marta ko‘paydi

Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.

2023-yilda xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi
28 fevral 2023, 09:45

2023-yilda xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda 2023-yilda hududlarda 18 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi ta’kidlandi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshganda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi
15 fevral 2023, 16:20

Elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshganda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshgan taqdirda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sohadagi huquqbuzarliklar yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Dekabrda 177 mingdan ortiq xonadon iste’moliga teng elektrdan noqonuniy foydalanilgan — Energetika vazirligi
9 yanvar 2023, 14:34

Dekabrda 177 mingdan ortiq xonadon iste’moliga teng elektrdan noqonuniy foydalanilgan — Energetika vazirligi

O‘zbekistonda 2022 yil dekabr oyida 15,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu Sirdaryo viloyati aholisining bir haftalik elektr iste’molini tashkil qiladi. Noqonuniy holatlar ko‘proq Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting