O‘zbekistonda elektrotexnika eksportini yiliga 3 mlrd dollarga, ishlab chiqarish hajmini esa 50 trln so‘mga yetkazish reja qilinmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.
Prezident farmoni bilan, 2026-yil iyuldan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar, shuningdek, mahalliy elektr jihozlari uchun narx preferensiyalari qisman bekor qilinadi. obyektni parallel loyihalash va qurish jarayonida xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish taqiqlanadi.
Toshkent shahri sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev har qanday import cheklovi qo‘yilishiga qarshiligi, bunday choralar uning korxonalariga zarar ekanini ta’kidladi. “Biz to‘layotgan soliqlar ham, import uchun soliqlar ham „nol“ bo‘lsa, biz yutar ekanmiz, ko‘proq foyda topar ekanmiz”, — dedi u.
Adliya vazirligi maishiy texnikalar va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilangan prezident qarori loyihasi ekspertizadan o‘tkazilganda tovarlar ro‘yxati bo‘lmaganini bildirdi. Cheklovga Raqobat qo‘mitasi va “O‘zeltexsanoat” ham munosabat bildirdi.
Prezident Eksport agentligi tarmoq va hudud rahbarlari bilan birga eksportni kreditlashga va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishini ta’minlay olmayotganini ta’kidladi. Imtiyozli shartlarda ajratilgan har 1 dollarga o‘rtacha 5 dollarlik eksport to‘g‘ri kelmoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha hukumat komissiyasiga 2027-yilgacha O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va ularni amalga oshirish uchun budjetdan mablag‘ olish huquqi beriladi.
Ohangarondagi texnopark negizida Eltech Industrial texnoparki tashkil etilmoqda. Maqsad — “yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini o‘zlashtirish”. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni oshxona havo tortish qurilmalari ishlab chiqarish uchun ajratiladi.
O‘zbekiston hukumati xorijiy tovarlarning (hozirda 520 dan ortiq tovarga taqiq qo‘yilgan) davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklovlarni kuchaytirishni va mahalliy kompaniyalarga, jumladan, elektrotexnika ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq imtiyozlar berishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar 2027-yilgacha uzaytirilishi mumkin. Ularga eksportda valyuta kursini xedj qilish xizmatlaridan foydalanish xarajatlarini qoplab berish va xom ashyoni import qilishda transport xarajatlarini kompensatsiyalash reja qilinmoqda.
O‘zbekiston hukumati 2021−2022-yillarda qo‘shni mamlakatdan import qilingan “shubhali” elektrotexnika mahsulotlarining CT-1 sertifikatlarini qayta tekshiradi.
O‘zbekiston hukumati maishiy texnika importiga antidemping boji joriy etishni rejalashtirmoqda. Uning hajmi taxminan 10 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yirik korxonalar va eksportchilarni “vakolatli iqtisodiy operatorlar” ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda.
2023-yilda 2 GVt, 2024-yilda esa yana 4 GVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Prezident ular uchun kabel, generator, invertor, transformatorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi va elektrotexnika tarmog‘iga 100 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi.
Prezident 2023 yilda elektrotexnika mahsulotlari eksportini 1 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Hududlarda umumiy qiymati 100 million dollardan kam bo‘lmagan elektrotexnika loyihalarini ishga tushirish, Toshkent shahridagi «Texnopark» kabi klasterlar tashkil etish, misni qayta ishlashni ko‘paytirish, «Elektroapparat», «Texnopark», Artel va Uzkabel kabi qo‘shma korxonalarda tajriba-konstruktorlik va R&D markazlarini tashkil etish va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting