Sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasi iste’molining keskin ortishi ta’minotda uzilishlarga olib keladi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon berishi ta’kidlandi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.
Energetika vazirligi Toshkent va viloyatlarda joylashgan gaz quyish shaxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu chora aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz gaz bilan ta’minlashga qaratilgan, chunki odam gavjum paytlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalarida yonilg‘i sarfi tufayli bosim kamayadi.
Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Qonun buzilishlarining asosiy qismini umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, hisoblash uskunalariga, ularning muhrlariga qasddan zarar yetkazish, shuningdek, ulardagi ko‘rsatgichlarni o‘zgartirish uchun ruxsatsiz ta’sir o‘tkazish kabilar tashkil etdi.
Deputat Rasul Kusherbayev monopolistlar inqiroz davrida «katta-katta mablag‘larga ega bo‘layotganligi»ga e’tibor qaratdi. Energetika vazirligi deputatning gaplariga e’tiroz bildirib, iste’mol bo‘yicha to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar byudjetga qaytarilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting