2024-yil davomida 8289 ta holatda elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi, ularda 1 trln 409 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Qoidabuzarlik qilgan 51 ta gaz zapravkaning litsenziyasi bekor bo‘ldi, 1,5 mingdan ortiq iste’molchiga bayonnoma tuzildi.
O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etdi va 3,78 mlrd kub metrga (bir yilda -3,6%), neftniki — 60,3 ming tonnaga (-6,2%) yetdi. Quyosh va shamol stansiyalari hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish oshdi — 54,4 mlrd kVt/s (+4,1%). Ko‘mir qazib olish yana rekordni yangiladi.
O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi (2019-yil avgustidan buyon ilk marta). Shuningdek, energoresurslar iste’moli bo‘yicha ijtimoiy norma joriy etiladi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov YouTube`dagi “O‘zi nima gap?” loyihasiga bergan intervyusida 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki ehtiyojni 100 foiz qoplash vazifasi qo‘yilganini bildirdi. “Agar buni bajarolmasak, nafaqat men, balki tizimdagi barcha mas’ullar ishlashga noloyiqmiz”, — dedi u.
Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga yoki 2,51 mlrd kub metrga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa o‘sdi, lekin iyun oyida pasayish qayd etildi. Neft ishlab chiqarish pasayishda davom etmoqda, benzin ishlab chiqarish keskin oshgan.
O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.
25−27 yanvar kunlari butun O‘zbekistonda kuzatilgan energotizimdagi uzilishlar oqibatida “Toshissiqquvvati” korxonasi aholiga belgilangan normada issiqlik energiyasi yetkazib bermaganligi aniqlandi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkent bo‘yicha 4,5 mlrd so‘m, 9 ta hudud bo‘yicha esa 1,222 mlrd so‘m mablag‘ni iste’molchilarga qaytarishga erishdi.
Yaqin kunlarda energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, deyiladi Iqtisodiy taraqqiyot, Moliya va Energetika vazirliklari qo‘shma bayonotida. 2021 yilni O‘ztransgaz — 2,5 trln so‘m, Milliy elektr tarmoqlari — 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan, subsidiyalash siyosati esa yetarli samarani bermayapti. Energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun esa 25 mlrd dollar zarur. Shundan kelib chiqib, energoresurslar narxini erkinlashtirish hamda «ijtimoiy norma» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Prezident seshanba kuni kuzatilgan energotizimdagi nosozlik haqida fikr bildirar ekan, aynan nimadan ko‘proq qo‘rqqanini ma’lum qildi. «Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim. 1982 yo 1983 yil Sirdaryoda oltita stansiya ham yonib ketgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, u tizimdagi rahbarlarga har daqiqada aholini vaziyatdan xabardor qilish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekiston 917 million kub metr gaz import qilganligini ma’lum qildi. «Bu juda katta raqam. Ikkinchidan, biz valyutaga import qilyapmiz. Kelajakda nima bo‘ladi?», — dedi u. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, neft va gaz sohasi uchun so‘nggi uch yilda ajratilgan 1,4 mlrd dollar o‘z natijasini bermayapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting