Toshkentdan Xo‘jakentga 1000 dan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Oltita vagon iqlim nazorati, Wi-Fi va velosipedlar uchun moslamalar bilan jihozlangan. 2030-yilgacha bunday poyezdlar soni 30 taga yetkaziladi. Kelgusida to‘xtashlar soni ko‘paytirilishi mumkin.
O‘zbekistonga Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdi keltirildi, deya xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev. Prezident yangi yil arafasida Buxoro va Xiva o‘rtasidagi elektrlashtirilgan liniyani ham ishga tushirishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting