O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi. Xususan, ERI kalitini berishda Face-ID qilinadi va kalit avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi. Shuningdek, bolalarni bog‘chaga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maxsus axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.
Elektron raqamli imzoni (ERI) endilikda Davlat xizmatlari agentligi idorasiga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda olish mumkin. «Gazeta.uz» elektron imzoni onlayn olish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting