O‘zbekiston uy-joy qurilishida eskrou hisobi tizimini joriy etishda Rossiya tajribasini o‘rgandi, dedi qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov. “Odamlar pulni o‘zlari bilmaydigan quruvchiga emas, balki bankka olib boradi. Bank bu pulni ishonchli developerga jo‘natadi”, — deb tushuntirdi u.
Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi sohasidagi insofsiz biznesga to‘lov tizimining tartibsizligi, raqamlashtirish va oshkoralik yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatdi. U banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib, aholi mablag‘larini kafolatlaydigan eskrou tizimi bo‘yicha huquqiy asos yaratish topshirig‘ini berdi.
Prezident uy-joy sotib olishning yangi mexanizmi — eskrou hisobi joriy etilishini ma’lum qildi. Banklar uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurish hamda uni egasiga yetkazib berishni kafolatlab, quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi tizim bir yil ichida sinovdan o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting