Shavkat Mirziyoyev G‘arb davlatlarining Falastin fojiasiga munosabati qattiq xavotirga solayotganini ta’kidladi. “Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng targ‘ib qilgan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda”, — dedi prezident.
Isroilning Rafahdagi chodirlar lageriga havo hujumi oqibatda kamida 45 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Hujum BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralandi. Netanyaxu zarbani “fojiali baxtsiz hodisa” deb atadi, lekin maqsadlarga erishilmaguncha urushni tugatish niyatida emasligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva G‘azoda davom etayotgan, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bo‘layotgan voqealarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini qayd etdi. “Falastin diyorida yuz berayotgan dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz”, dedi Ziroat Mirziyoyeva.
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitidagi nutqida Falastin-Isroil urushining mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olayotganini aytdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, dedi prezident.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroildagi 10,5 mingdan ziyod o‘zbekistonliklarning aksariyati keksa yoshdagilarga xizmat ko‘rsatishini va ular O‘zbekistonga qaytishni xohlamayotganini bildirdi. U fuqarolarning moddiy qiyinchiliklar sabab o‘sha sharoitda qolib ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi.
O‘zbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirdi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting