«farg‘ona» tegli maqolalar


Farg‘onada o‘g‘rilikka tushib, xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi
Kecha, 11:34

Farg‘onada o‘g‘rilikka tushib, xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona shahrida onlayn qimor sabab qarzga botgan yigit qo‘shni mahalladagi xonadonga o‘g‘rilikka tushib, ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Sud uni 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi
31 yanvar 2025, 09:36

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi

Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi
29 yanvar 2025, 15:46

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi

Farg‘ona politexnika instituti va TATU Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil qilinadi. Yana uchta oliygoh negizida esa Qo‘qon davlat universiteti ochiladi.

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi
21 yanvar 2025, 11:20

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi

Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi.

Farg‘onada ikki yoshli qizni tibbiy yordamsiz qoldirgan enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
6 yanvar 2025, 17:21

Farg‘onada ikki yoshli qizni tibbiy yordamsiz qoldirgan enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada enaga zinadan yiqilib tushgan ikki yoshli qaramog‘idagi qizchani kasalxonaga olib bormadi. Bola og‘ir jarohat olgan. Xavf ostida qoldirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Yopiqlik va mavhumlik. Farg‘onadagi portlash haqida hech kim gapirishni xohlamagan reportaj
24 dekabr 2024, 17:55

Yopiqlik va mavhumlik. Farg‘onadagi portlash haqida hech kim gapirishni xohlamagan reportaj

17-dekabrda Farg‘onadagi AYQShda portlash bo‘ldi. Hodisa oqibatida rasman 4 kishi vafot etgan. “Gazeta.uz” muxbirlari 20-dekabr kuni Farg‘onada bo‘lib qaytdi, ammo safar qariyb besamar o‘tdi: hodisa haqida deyarli hech kim gapirishni istamadi, gapirganlar esa keyinroq intervyusi chiqarilmasligini so‘radi.

Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda (video)
22 dekabr 2024, 15:45

Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda (video)

Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda. Viloyat FVBga ko‘ra, buzish ishlari shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagi bilan amalga oshirilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi.

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha zapravkalar o‘rganib chiqiladi
20 dekabr 2024, 15:20

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha zapravkalar o‘rganib chiqiladi

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatda joylashgan barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzildi. Ular stansiyalarning sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi va qonunchilikdagi boshqa me’yorlarni o‘rganadi. Zapravkalar xodimlari FVB o‘quv markazida o‘qitiladi.

Farg‘onadagi portlash: yana 3 kishining o‘lgani tasdiqlandi, 5 kishi qamoqqa olindi
18 dekabr 2024, 10:52

Farg‘onadagi portlash: yana 3 kishining o‘lgani tasdiqlandi, 5 kishi qamoqqa olindi

Farg‘onada zapravkadagi portlash oqibatida shifoxonaga yotqizilgan bemorlardan 3 nafari vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 5 kishi qamoqqa olindi. Avvalroq hodisa sabab bir kishi vafot etgani va to‘rt kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Farg‘onada zapravkadagi portlashda bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi
17 dekabr 2024, 16:59

Farg‘onada zapravkadagi portlashda bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi

Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

Farg‘onadagi zapravkada portlash sodir bo‘ldi (foto, video)
17 dekabr 2024, 15:50

Farg‘onadagi zapravkada portlash sodir bo‘ldi (foto, video)

Seshanba kuni Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat FVB yong‘in qurshab olingani va o‘chirilganini bildirdi.

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
4 dekabr 2024, 23:34

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 noyabr 2024, 23:19

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
13 noyabr 2024, 00:01

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. U tuman bosh muhandisidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada tanishini o‘ldirib, buni yashirish maqsadida uyga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
11 noyabr 2024, 21:47

Farg‘onada tanishini o‘ldirib, buni yashirish maqsadida uyga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi

Farg‘onada tanishiga 20 martadan ortiq pichoq urib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uyiga o‘t qo‘ygan ayol 15 yildan ko‘proqqa ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchining kredit qarzdorligi bo‘lgan va qarzni to‘lash uchun jabrlanuvchinikiga o‘g‘irlikka tushgan.

Farg‘onada Matiz va Lada Vesta to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi
8 noyabr 2024, 23:06

Farg‘onada Matiz va Lada Vesta to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Matiz noto‘g‘ri qayrilish ortidan qarshi yo‘nalishdagi Lada Vesta bilan to‘qnashdi. YTHda ikkinchi mashina ichidagi 80 yoshli fuqaro jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi.

Farg‘onada Cobalt Damas bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
21 oktabr 2024, 18:18

Farg‘onada Cobalt Damas bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida haydovchi Cobalt`da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, oldinda kelayotgan Damas bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida Damas`da ketayotgan er-xotin vafot etdi. Cobalt haydovchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
10 oktabr 2024, 09:17

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar Mahallalar uyushmasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Farg‘onada sog‘lig‘i yomonlashgan Lacetti haydovchisi YTH sodir etdi va halok bo‘ldi
12 sentabr 2024, 01:34

Farg‘onada sog‘lig‘i yomonlashgan Lacetti haydovchisi YTH sodir etdi va halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 61 yoshli haydovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.

Farg‘onada xonadonlarning issiqlik ta’minotidan asossiz hisoblangan qarzdorliklari bekor qilindi
30 avgust 2024, 10:58

Farg‘onada xonadonlarning issiqlik ta’minotidan asossiz hisoblangan qarzdorliklari bekor qilindi

Farg‘onada 6 mingdan ortiq xonadonga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan mablag‘lar bekor qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting