DXX O‘zbekistonning to‘rtta hududida Tojikiston va Qirg‘izistondan yashirincha olib kirilgan giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Tezkor tadbirlarda gumondorlar yonida jami 2,9 kg opiy, 3,9 kg gashish, 3 ming donadan ortiq «Regapen», 380 dona «Tropikamid», 400 dona «Selofen» borligi aniqlandi.
Shanba kuni Uchko‘prik tumanida 16 yoshli qizini bir yigit bilan uchrashib yurganini ko‘rib qolgan ota uni urib, tan jarohatlari yetkazgani aytilmoqda. Buning oqibatida qiz vafot etgan. Gumondor hibsga olindi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga safari chog‘ida «Yangi O‘zbekiston» massivi qurilishini borib ko‘rdi. Bu yerda qariyb 300 ta ko‘p qavatli (7 dan 25 qavatgacha) uylar, hiyobon va ko‘l, maktab va bolalar bog‘chalari, sanoat zonasi va boshqa obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov massivni qurilayotganlari orasida «eng yashil va ekologik massiv» deb atadi. Kommunikatsiya esa maxsus tunneldan o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Oltiariqda tashkil etilgan adirlikdagi ming gektarlik plantatsiyadan boshladi. Bu yerda 560 gektarda tokzor barpo etilgan, 300 gektarlik intensiv bog‘da esa olma, gilos, o‘rik ko‘chatlari ekilmoqda. «Bu bog‘ va tokzorlar aholiga xususiylashtirib beriladi», — dedi prezident.
So‘x-Rishton avtomobil yo‘liga sel natijasida loy va toshlar oqib kelgani sababli transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan 12−13 may kunlari Farg‘onaga boradi. Tashrif davomida mahallalardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirish, yig‘ilish o‘tkazish hamda korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Qirg‘izistondagi OTMlarga o‘qishga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ushlanganlar fuqarolardan jami 5680 dollar va 26 mln so‘m olgan.
Navro‘z kuni Qo‘qon shahridagi masjid imom-xatibi va uning to‘rt nafar oila a’zolari noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida vafot etgan. Mutaxassislar buni is gazidan zaharlanish, deya taxmin qilmoqda.
Moratoriy e’lon qilinganiga qaramay Qo‘qon shahrida fuqaro ruxsatsiz 3 tup chinor daraxtini kesib tashlagani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida tabiatga 103 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazilganini ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyatining Rishton tumani prokurori Shamsiddin Turdaliyev Oltiariq tumani hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda fevral boshida Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan Xolmirza Niyozovning o‘rnini egalladi.
DXX Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 6,4 kg giyohvandlik vositalari, shuningdek, 2160 flakonda «Tropikamid» dorisi aylanmasini to‘xtatib qoldi. Surxondaryodagi holatda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy» moddasini chegarani noqonuniy kesib, olib o‘tganida ushlangani aytilmoqda. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Yekaterinburg shahridan Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Ta’kidlanishicha, parvozlar haftada bir marta — chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soatni tashkil etishi aytilmoqda.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etishni taklif qildi. Shaharchada 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bunyod qilinadi.
Farg‘onada yigirmaga yaqin yigitlar ishtirokidagi janjal organ xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Voqea joyidan pichoqlar, qilichlar va giyohvandlik vositalari topilgan. 8 nafar shaxs protsessual tartibda ushlanib, 9 nafar shaxslar 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.
Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi Farg‘ona viloyati hududida tahminiy qiymati $700 mln ga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Farg‘ona viloyatida Malibu avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida YTH natijasida ikki oiladan olti kishi vafot etgan. Yana 4 kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.
Buvayda tumanida Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi.
7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting