Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi. Yozib olingan audioga ko‘ra, Uralova IIBga hokimni qamab qo‘yishni buyurganini ham eshitish mumkin. Unga intizomiy jazo ko‘rish bo‘yicha viloyat hokimiga taqdimnoma kiritildi.
O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik berilishi mumkin. Prezident fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash va ortiqcha hosilni sotish huquqini berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u yaylovlar degradatsiyasi muammosiga to‘xtalib, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatdi.
Xorazmda fermer xo‘jaligi rahbari 7,3 gektar sug‘oriladigan yerda noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilganlikda gumonlanmoqda. Buning ortidan u nobudgarchilikka yo‘l qo‘yib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Bundan keyin tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar g‘allasini olib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, birja orqali sotilgan bug‘doyga hududlararo cheklov qo‘yilmaydi. Prezident bosh prokuror, viloyat, tuman va shahar prokurorlari buni shaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qat’iy chora ko‘rishni buyurdi.
Samarqand tumanida fermer o‘ziga qarashli xo‘jalikning sug‘oriladigan yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish va hujjatlarni tayyorlab berishni kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga u 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Kelgusi yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga yetishtirgan bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi. Bunda ular 3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna g‘allani birja savdolariga erkin narxlarda chiqaradi. «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi donni qayta ishlash zavodlari ochiq savdolarga chiqariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting