O‘zbekistonda dala chetidan samarali foydalangan fermerlar tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball olish, yer solig‘ini ikkiga bo‘lib to‘lash imkoniyati va boshqacha ko‘rinishdagi imtiyozlarga ega bo‘ladi. Har bir mahallada kamida 100 ta xonadonga limon va uzum ko‘chatlari tarqatiladi.
QXV fermer va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, paxta yetkazib berish shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalar va ularning rahbarlariga hech qanday ko‘rsatma bermaganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlarning 90 foizi allaqachon shartnomalarini yangilagan.
Kun.uz Surxondaryo qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining tuman hokimi bilan suhbatda barcha fermerlarni yig‘ib, paxta narxini 6800 so‘mgacha pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar imzolash zarurligini bildirgan audioyozuvini e’lon qildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hokimlik holatga izoh berdi.
Hukumat fermerlar va klasterlar tomonidan paxta sotish bo‘yicha shartnomalar tuzadigan paxta xomashyosining boshlang‘ich narxlariga oid qarorni imzoladi. Hujjat paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari orasida savollar tug‘dirdi. Iqtisodchi va blogerlar yangi qoidalar fermerlar zarariga qabul qilinganini aytmoqda.
Soyibobodlik 22 yashar Ziyoda Jo‘raboyevani Guliston tumanida ko‘pchilik taniydi. U besh yildan beri traktor haydaydi. “Odam hayotga bir marta keladi, shu bois o‘z qiziqishi bilan yashashi kerak”, — deydi u. “Gazeta.uz” muxbiri Sirdaryoga borib, traktorchi qiz bilan suhbatlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagani ta’kidlandi.
2024-yilgi hosil mavsumidan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tovar-xomashyo birjasi orqali tuziladi. Fermerlar ortiqcha xomashyoni, shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirilgan paxtani erkin sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fermer va klasterlarni kreditlashning yangi tizimi joriy etiladi.
O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik beriladi. Prezident fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan shartnoma tuzish va ortiqcha hosilni birja orqali sotish huquqiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.
Faollar fermerlar va klasterlar o‘zaro teng munosabatga kirisholmasligi, fermerlarda narx bo‘yicha tortishish imkoni yo‘qligini ta’kidlashgandi. Bunga javoban, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini bozor iqtisodiyoti qonunlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi.
Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan 14 nafar fermer va IIO xodimlari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. IIV voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor ostiga tashlash, bir-biriga shikast yetkazishga urinmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Deputat Kusherbayev fermerlar Oliy sudda g‘alaba qozonganini aytdi. Munosabatlar.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda paxta dalasida fermer va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi. Nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. «Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan ta’qib qilinardi», — dedi davlat rahbari.
Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirgan, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etgan fermer va klasterlarga har bir gektar yer uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qolaversa, tuproq unumdorligini oshirganlik va eroziyadan muhofaza qilganlik uchun soliq imtiyozlari ham beriladi.
Fermer va sotib oluvchi tashkilotlar, klasterlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, fermer xo‘jaliklarining 180 mlrd so‘mdan ko‘proq qarzga botgani va boshqalar — Adliya vazirligi «Fermerga madad» aksiyasi doirasida fermerlar manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazayotgan holatlarni o‘rganmoqda. Vazirlik ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha choralarni taklif qilmoqda.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim yaqinda koronavirusdan davolanib chiqqani va stressda qattiqroq gapirib yuborganini aytdi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting