Qonunchilik palatasi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmaganini ma’lum qildi. Avvalroq tarmoqlarda O‘zbekiston Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalarga qo‘shilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Markaziy bank Telegram`da regulyator nomidan soxta kanal ochilib, fuqarolarga kredit taklif etilayotgani va bank kartalariga oid ma’lumotlarni olish orqali pullar o‘zlashtirilayotganidan ogohlantirdi. Shuningdek, o‘zini MB xodimi sifatida tanishtirish holatlari ham kuzatilgan.
Markaziy bank Telegram`da regulyator nomidan soxta kanal ochib, fuqarolarni aldashga urinish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi. “Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, shu jumladan, jismoniy shaxslarga kredit ajratmaydi yoki moliyaviy yordam ko‘rsatmaydi”, deyiladi regulyator xabarida.
Tarmoqlarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatidagi ommaviy tartibsizliklar haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston IIV 13-may kuni tashkilotchilar charm boks qo‘lqoplarini tekinga tarqatgani, muxlislar esa bir-birlariga navbat bermasdan tartibsiz harakat qilganini bildirdi.
SSV Buxoro viloyatida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.
Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni test-sinovlarisiz, to‘lovlarsiz va soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligi ma’lum qilindi.
RF Davlat dumasi mamlakat Qurolli kuchlari harakatlari haqida soxta ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. «Feyk» ma’lumotlarni tarqatganlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida Rossiyada mahalliy OAVlari yopilyapti, xorijiy yangiliklar nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyati kamayib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 1 martgacha O‘zbekistonning barcha tumanlarida blokpostlar o‘rnatilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV ushbu xabarning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida hududlarda kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon ushbu kasallik to‘g‘risida ham, unga qarshi ishlab chiqarilgan vaksina haqida ham turli xil uydirma va ilmiy asosga ega bo‘lmagan yolg‘on xabar va ma’lumotlar tarqalib kelmoqda. «Vaksina bilan birgalikda odamlarga kuzatuv mikrochiplari joylashtirilishi», «kasallikdan tuzalgandan so‘ng emlanish shart emasligi», shular jumlasidan. Vaksina haqidagi eng mashhur feyklar va noto‘g‘ri farazlar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting