Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi uyda 18−25 oralig‘idagi 7 nafar yigit Telegram messenjerida milliarder Alisher Usmonov nomidan soxta “aksiya” tashkillashtirib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirib kelgani aniqlandi.
O‘zbekistonda Rossiya fuqarolariga nisbatan firibgarlik ishi bo‘yicha 32 kishi ushlandi. Jinoiy guruh koll-markazlar ko‘rinishida rossiyaliklarga sifatsiz BADlar uchun kompensatsiya va’da qilgan. “To‘lovni olish” uchun jabrlanuvchilar firibgarlarning hisobraqamiga “soliq” ko‘rinishidagi mablag‘ni o‘tkazib bergan.
Sud 203 nafar fuqaroga avtokredit rasmiylashtirib, ularning har biriga 150−200 dollardan bergan olti nafar erkakka nisbatan hukm chiqardi. Banklar kartalardan qarzlarni yechib olishni boshlagan, kreditlarni rasmiylashtirgan firma xodimlari esa g‘oyib bo‘lgan. Ular jami 62 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan.
Avtomobil oldi-sotdisida firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadan deportatsiya qilindi. Istanbuldagi bosh konsulxona undan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIVga murojaat qilishni so‘radi.
Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda begona raqamlardan qo‘ng‘iroqlarga javob berilayotganda bank kartalaridan pul avtomatik yechib olinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Regulyator login, parol va SMS kodlarini notanish shaxslarga berish, shuningdek, zararli APK fayllarni o‘rnatish mumkin emasligini eslatdi.
Namanganda fuqaro va uning onasini Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari Haj va Umra ziyoratlari bilan bog‘liq yana 4 ta holatni aniqladi.
Yirik miqdorda to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan biri tanishidan AQShga ishlashga jo‘natish uchun 9000 dollar, ikkinchisi esa Polshaga yuborish uchun 1000 dollar va 6,3 mln so‘m olgan.
Xorazm viloyatida 110 ming dollar, Toshkentda 5 ming dollar olayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular bankdagi tanishlari orqali katta miqdorda kredit ajratib berishni va’da qilgan. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Markaziy banki bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklamoqchi. Regulyator raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning ta’kidlashicha, ayrim mijozlar yuzlab kartalarga ega bo‘lib, bu firibgarlar tomonidan kartalardagi mablag‘ o‘zlashtirilishiga olib kelmoqda.
Firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIOga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.
Namanganlik shaxs 4 nafar samarqandlik fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuborishga kelishgan. U buning uchun 12 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Uning ustidan tergov ishlari ketmoqda.
Markaziy bank fuqarolarning onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi. Odamlarga regulyatorning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborilmoqda.
Samarqandda muqaddam sudlangan 2 shaxs 3 nafar fuqaroni 52,7 ming dollarga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgani aniqlandi. Prokuratura departamenti ularga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkentda Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining ijara asosida ajratilgan 2 ga yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda noqonuniy yer sotish jinoyatlarini fosh qildi.
Toshkentda 3 erkak fuqarolarning ko‘chmas mulkini aldov yo‘li bilan egallab, uni o‘ziga garov sifatida rasmiylashtirganlikda ayblanmoqda. Garov qarz miqdoridan 3−4 baravar ko‘p bo‘lgan va qarz oluvchilarga kelishilganidan kamroq mablag‘lar berilgan. Ular qamoqqa olingan.
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.
Firibgarlikda ayblanib 5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2 yil davomida fuqarolarning umumiy hisobda 60 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
Firibgarlikda ayblanib, 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7 yil 6 oyga qamaldi. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish, talon-toroj, shuningdek, firibgarlikda aybdor deb topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting