Yakshanba tongida poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oq choyshab bilan qoplandi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf Toshkent ko‘chalaridagi qorni suratlarga muhrladi.
Bekobod yaqinidagi Avangard — qahramonlar qishlog‘i. Unda yarim tunda terimga chiquvchi otaxonlar, o‘g‘lidan yashirincha paxta teruvchi onaxonlar, terimga ham, uy ishlariga ham birdek ulguruvchi superkelinchaklar va hammasiga bosh-qosh “Temir xotin” bor. “Gazeta.uz” ularning turmushi va orzu-umidlari bilan tanishdi.
Toshkent Fotosuratlar uyida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda sirli fotograf tomonidan XIX asrda olingan va hozirda Rossiyaning Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan fotosuratlar ko‘rsatildi. “Gazeta.uz” turkiyalik tadqiqotchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmadan reportaj tayyorladi.
Payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda Eron bilan durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.
Agrar universiteti hududidagi binolarda dushanba kuni yong‘in yuz bergandi. Hodisa sabablari ma’lum qilinmadi. Universitetda tahsil davom etyapti — talabalar yaqin-atrofdagi boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov hodisa joyida bo‘lib, yong‘in oqibatlarini suratga tushirdi.
2024-yilgi shaxmat Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 24-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf ushbu marosimdan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda hozirda beshta turizm qishlog‘i bor: Konigil va Bog‘i Baland, Ovjazsoy va Ertoshsoy, Sentob. 2023-yil oktabrida Sentob jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan biri deb e’lon qilindi. “Gazeta.uz” jurnalistlari Nurotada bo‘lib, bu qishloq nimalari bilan hayratga solishini o‘rganib qaytdi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam, Shohruh Haydarov va Yevgeniy Sorochin fotokameralari obyektiviga O‘zbekistondagi kuz manzaralarini muhrladi. Fotoreportaj.
Konditsionerli ko‘chalar, mashinistsiz metro, Safari, sun’iy Venetsiya shahri va albatta Qatar milliy muzeyi: “Gazeta.uz” muxbiri Mushtariy Oqboyeva O‘zbekistondan 40 marta kichikroq davlat — Qatar poytaxtiga sayohat qilib, “cho‘l ustidagi hashamat”ning e’tiborga molik maskanlarini fotokamera obyektiviga muhrladi.
Nukusdan taxminan 150 km uzoqlikda, Mo‘ynoq tumanida, mahalliy aholi “Suvi duchchi” (o‘zbekchasiga “suvi chuchuk”) deb atagan, xaritalarga Sudochye nomi bilan kiritilgan ko‘llar tizimi bor. U yerga boradigan to‘g‘ri va tekis yo‘l yo‘q, shu bois masofani bosib o‘tishga 4 soatcha vaqt ketadi. “Gazeta.uz” reportaji.
O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida aviashou bo‘lib o‘tdi. Jangovar va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Shou doirasida ilk bor samolyotlar O‘zbekiston bayrog‘ini “osmonga chizishdi”. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Astronomlardan biri planetariylarni “osmon jismlari aktyorlik qiladigan teatr va kino” deya ta’riflagandi. Bolalar bilan shunday “teatr va kinoga tushish” esa foydadan xoli bo‘lmas. “Gazeta.uz” yosh avlodning astronomiya va kosmonavtikaga qiziqishini oshirishi mumkin bo‘lgan ushbu muassasadan reportaj tayyorladi.
28-iyun tongida O‘zbekistondagi mavjud 2100 dan ortiq masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qildi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasidan fotoreportaj tayyorladi.
Beruniy yashagan davrlarda uning nomi “Qiz dengizi” edi. Dengizdan kam joyi yo‘q — uzunligi 100−120 (taxminan Toshkentdan Gulistongacha bo‘lgan masofa), eni 30−40 km atrofida, bu qirg‘og‘idan narigisi ko‘rinmaydi. Asrlar bo‘yi necha bor qurib, so‘ng yana suvga to‘lgan bu joy hozir shunday ataladi — Sariqamish.
Muqimiy teatri oldidan boshlanadigan Arpapoya ko‘chasi bo‘ylab biroz yursangiz, G‘afur G‘ulom yashagan ikki qavatli g‘ishtin binoga duch kelasiz. Xalq shoirining uyi 1983-yili xalqqa taqdim etilgan — muzeyga aylantirilgan. Adib tavalludiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” muxbirlari muzeyda bo‘ldi.
Bundan 102 yil avval O‘zbekistonda gidrometerologiya xizmati tashkil etilgan edi. Xizmatning 75 yillik yubileyida — 1996-yilning 7-may kuni O‘zgidromet muzeyi ochilgan. “Gazeta.uz” 400 ga yaqin eksponati bilan O‘zgidrometning bir asrdan ko‘proq davom etgan faoliyatini ko‘rsatib beruvchi muzey bilan tanishtiradi.
Mart oyida professional o‘zbek raqsi asoschilaridan biri, qo‘shiqchi, raqqosa, baletmeyster Tamaraxonim tavalludiga 117 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” xonimni xotirlash maqsadida uning Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uy-muzeyida bo‘ldi.
Sud Nukus voqealari bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni yakunlab, 22 nafar sudlanuvchiga hukm e’lon qildi. Ayblanuvchilarning ayrimlari duoga qo‘l ochgan bo‘lsa, yaqinlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi, hukm e’lon qilinganidan keyin mahkumlardan birining onasi hushini yo‘qotdi. «Gazeta.uz» fotoreportaji.
O‘zbekiston — shiorlar mamlakati. Ular butun hayotimiz davomida hamrohlik qiladi. Biz ularni sezmasligimiz va ma’nosi haqida fikr yuritib ko‘rmasligimiz mumkin, lekin ular, xohlaymizmi yoki yo‘q, hammaning xotirasida muhrlangan. «Gazeta.uz» jurnalistlari mamlakatning turli nuqtalaridagi shiorlarni to‘pladi.
Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayonining uchinchi kuni. Sudlanuvchilarning deyarli barchasi iyul boshida bo‘lgan voqelarda Dauletmurat Tajimuratov aybdorligi, uning video murojaatlari odamlarni ko‘chaga chiqarganini ta’kidlashmoqda. «Gazeta.uz» sud jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting