Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
23 yoshli jizzaxlik fuqaro «Tavhid va jihod katibasi», «Turkiston islom harakati» terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta’siriga tushib, ularning g‘oyalarini internetda ulashib kelgan. Ular orasida Konstitutsiyani xilof tarzda o‘zgartirishga da’vat etuvchi material ham aniqlandi. Fuqaro 3 yil 6 oyga qamaldi.
Prezident farmoniga ko‘ra, yanvar oyidan boshlab fuqarolarning pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa, ularga amaldagiga nisbatan qariyb 390 ming so‘m ko‘proq pul to‘lanadi. Pensiyasi oshadigan fuqarolarga dekabr oyida SMS xabar yuboriladi.
«Agrobank» Qarshi filiali rahbari 1998 yilda «o‘lgan» deb topilgan fuqarodan tirikligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘radi. Bundan norozi fuqaro murojaat yo‘lladi. Bank holatga izoh berib, qonuniy hujjatlar bankka to‘liq taqdim etilgach, kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Bir yilda qabul qilingan hujjatlarning 30 foiziga, jumladan tadbirkorlik bilan bog‘liq hujjatlarning 80 foiziga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu qonunchilikning barqarorligiga salbiy ta’sir qilmoqda, «fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda», dedi adliya vaziri.
O‘zbekiston qonunchiligida bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi, dedi prezident. U Konstitutsiyaga fuqarolarga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklamaslik haqidagi nomrani kiritishni taklif qildi. Hayot daxlsizligi Bosh qonunda mustahkamlanishi kerakligi ham aytildi.
Qarshida 27 yoshli fuqaroning jasadi uyidan qotillik alomatlari bilan topildi. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi uni 18 yoshli fuqaro o‘ldirganlikda ayblanayotganini ma’lum qildi, gumonlanuvchi hibsga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1 iyun — Bolalar kuni munosabati bilan barcha bolalarga 200 ming so‘mdan berilishiga oid xabarlar mutlaqo yolg‘on, deb ma’lum qildi Pensiya jamg‘armasi direktori Abdulaziz Haydarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, 200 ming so‘mlik nafaqa pullari faqat kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan, 18 yoshga to‘lmagan 4 mlndan ortiq bolalargagina beriladi.
Marg‘ilonda fuqaroni uch yil davomida aldab, AQSh yoki Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishiga ishontirib, 12 700 dollar mablag‘ini qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. U 500 dollarni qaytarib, o‘z aybiga iqror bo‘lgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aprel boshida 8 nafar shri-lankalik Toshkentdan Londonga uchishga uringanida reysdan to‘xtatib qolindi. Ekspertiza ulardagi 2ta Italiya va 6 ta Fransiya pasporti qalbaki ekanligini aniqladi. Xorijlik fuqarolarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Toshkent shahrida o‘zini metro poyezdi ostiga tashlagan erkak Sirdaryoning Sardoba tumanidan bo‘lgan. U voqea joyida vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting