Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 2023 yildan boshlab fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Bunda «E-patrul» tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar hodisa joyida planshet orqali tekshiriladi.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, aprel oyigacha “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar joyida tekshirilishi ko‘zlangan. Strategiya loyihasida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar haqida xabar berish va ro‘yxatga olish uchun “Ye-huquqbuzarlik” yagona axborot tizimini tashkil etish ham taklif etilgan.
Prezident fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bepul davolanadi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Senatning navbatdagi yalpi majlisida Afg‘onistonda qiyin ahvolga yoki murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari mavjud emasligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting