Rossiya Davlat Dumasi RF armiyasida shartnoma bo‘yicha xizmat qiladigan chet elliklar mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkinligi to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Moskvadagi «Saxarova» migratsiya markazida xorijliklarni harbiy xizmatga qabul qilish uchun infratuzilma yaratiladi.
Chernogoriya hukumati investitsiya kiritganligi uchun mamlakat fuqaroligini bergan xorijliklar orasida Samarqandda tug‘ilgan ayol ham borligi ma’lum bo‘ldi. «Oltin pasportlar» 250 mingdan 450 ming yevrogacha Chernogoriyadagi loyihaga sarmoya kiritgan va hukumat jamg‘armasiga 100 ming yevro to‘lagan investorlarga beriladi.
Ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslarga davlat organlariga xabar bermaganligi uchun javobgarlik belgilanishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «qonunchilikdagi bo‘shliq»ni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi.
Prezident O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. 2005 yilgacha mamlakatga kelgan, shuningdek, mamlakatda 15 yildan beri muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari deb tan olinishi mumkin.
Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida kelasi yili mamlakatda 2005 yildan beri doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligi berilishini e’lon qildi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo‘yicha imtihondan o‘tish talab qilinadi. Imtihonlar markazlar tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish yoki undan chiqish to‘g‘risida arizalarni onlayn tarzda qabul qilish maqsadida «E-Fuqaro» ma’lumotlar bazasi yaratilgan bo‘lib, u oktyabr oyida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting