The New York Times’ning sport ilovasi — The Atletic’da jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol muallifi, eng mashhur turk futbolchilaridan biri Hoqon Shukurning nomi qanday qilib “Turkiya tarixidan o‘chirilgani” haqida maqola e’lon qilindi. “Gazeta.uz” maqolani o‘zbek tiliga o‘girdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 1 pog‘ona yuqorilab, 60-o‘rinni egalladi. Jamoa sentabrdagi 2 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Qirg‘iziston ustidan haqli ravishda g‘alabaga erishilgani, shu bilan birga, futbolchilarning “ayrim xatolari” haqida gapirdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralashi ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston mehmoni bo‘ldi. Og‘ir kechgan o‘yinda o‘zbekistonliklar ikki bor kambek amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi — 2:3 (video, foto, statistika).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets Shimoliy Koreya bilan o‘yinda jamoa o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta olmagani, muammo asosan jismoniy holatda bo‘lganini aytdi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov “JCHga yaqinlashgan sari bosim va hayajon bo‘lishi tabiiy” ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi uchinchi bosqichining birinchi o‘yinida KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi, darvozabon O‘tkir Yusupov esa penalti qaytardi (video, foto, statistika).
O‘zbekistonlik futbolchilar 2026-yilgi JCH saralash bosqichining uchinchi bosqichida KXDRga qarshi o‘yinda o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi, dedi jamoa murabbiyi Srechko Katanets. “Xotirjam bo‘lib, o‘z ishimizni avvalgidek qilishimiz kerak, bu bosqichda har bir o‘yin murakkab bo‘ladi”, — dedi u.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi. Shimoliy koreyaliklar bilan o‘yin 5-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiada uchun tarkibni shakllantirishda qiyinchiliklar bo‘lgani va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘lmaganini ta’kidladi. U hech bir futbolchiga e’tirozi yo‘qligini aytib, ta’tilga chiqish rejasini e’lon qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Olimpiadadagi natijalarni sarhisob qildi. Uning aytishicha, jamoa raqiblarini mag‘lub etishi uchun kuchi yetardi, ammo “qayerdadir omad, qayerdadir mahorat, tajriba yetishmadi”. Turnir katta tajriba berdi va jamoani kuchliroq qildi, dedi u.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi so‘nggi uchrashuvida Dominikan Respublikasi bilan durang o‘ynadi (video, statistika).
O‘zbekiston futbol bo‘yicha Olimpiadani “bu qadar erta” tark etish niyati yo‘q edi, dedi terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa raqiblarini mag‘lub etish uchun yetarli kuchga ega edi, biroq ayrim epizodlarda xatolarga yo‘l qo‘yildi.
O‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiadadagi ikkinchi o‘yinni ham boy berib, guruhda qolib ketdi. Misrliklarning 11-daqiqada urgan goli evaziga hisob 0:1 bilan tugadi. Terma jamoa 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘yinga tushadi.
O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Misr bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi. U bo‘lajak raqibning kuchli tomonlari hamda imkoniyatlarini yaxshi bilishlarini va oldingi o‘yindan kerakli xulosalar chiqarilganini ta’kidladi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Fransiyadagi Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida ma’lum qildi. “Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo‘lmoqda. Hali avtobus kelmaydi, hali avtobuslar yo‘lda adashib qolmoqda”, — deydi jamoa murabbiyi.
Olimpiada o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Futbolchi Eldor Shomurodov o‘yin haqida fikr bildirib, jamoa kichik xatolar evaziga yutqazganini aytdi. “Guruhda o‘zimizga teng raqiblarimiz bor. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, dedi u.
Bugun Parijdagi Olimpiya o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha bahslar start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk ishtirokini Ispaniyaga qarshi uchrashuv bilan boshladi. “Gazeta.uz” musobaqaning futbol bo‘yicha bahslarida dunyoning qaysi yulduzlari to‘p tepishi haqida qisqacha ma’lumot beradi.
O‘zbekiston terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol uchrashuvi bilan boshlaydi. O‘yin 24-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hech qanday o‘yin o‘tkazmasdan FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqorilab, 61-o‘rinni egalladi. Paragvay ochko yo‘qotib, reytingda pastlagani bunga sabab bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionatida Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, to‘rtinchi bor turnir g‘olibiga aylandi. “Taktika” jamoasi Berlindagi final haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting