«futbol» tegli maqolalar


U-17 JCH: O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
23 noyabr 2023, 10:41

U-17 JCH: O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionati chorak finalida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak. Ammo Fransiya o‘z tarkibiga avvalroq Niger jamoasida to‘p surgan hujumchini jalb etgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

O‘zbekiston U-17 JCHning chorak finaliga chiqdi
22 noyabr 2023, 15:42

O‘zbekiston U-17 JCHning chorak finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston oxirgi marta 2011-yilda turnirning bu bosqichiga chiqqan (video, foto, statistika).

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets
22 noyabr 2023, 13:06

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari xarakter ko‘rsatib, Eron bilan durang o‘ynadi. Shuningdek, birinchi bo‘limdagi kamchiliklar, Eronning provokatsiyalari, xorij klublarida to‘p surayotgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi (+ video)
22 noyabr 2023, 11:18

JCH-2026 saralashi: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi (+ video)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinida Eron bilan durang o‘ynadi. Terma jamoa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, ikkinchi bo‘limda Oston O‘runov va Igor Sergeyevning gollari evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi (video, foto).

“Bu men va O‘zbekiston futbolchilari uchun sinov”. Srechko Katanets — Eronga qarshi o‘yin haqida
21 noyabr 2023, 10:47

“Bu men va O‘zbekiston futbolchilari uchun sinov”. Srechko Katanets — Eronga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Eronga qarshi bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash o‘yini o‘zi va futbolchilar uchun sinov bo‘lishini ta’kidladi. “Futbolchilarni ruhlantirishim shartmas, ular g‘alaba uchun hamma narsani qiladi”, — dedi u.

FIFA U-17 Jahon chempionati: O‘zbekiston 1/8 finalda Angliya bilan o‘ynaydi
20 noyabr 2023, 16:24

FIFA U-17 Jahon chempionati: O‘zbekiston 1/8 finalda Angliya bilan o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasi 1/8 finalda Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida
17 noyabr 2023, 19:20

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida

O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etganidan so‘ng jamoasi g‘alabaga haqli ekanini aytdi. Murabbiy va futbolchi Otabek Shukurov Ashxoboddagi “o‘ynab bo‘lmaydigan” sun’iy maydondan shikoyat qildi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston futbolchilari Turkmanistonni mag‘lub etdi
16 noyabr 2023, 21:49

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston futbolchilari Turkmanistonni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash turniri doirasidagi ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etdi. Gollarga Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov mualliflik qilishdi (foto, video).

Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finaliga chiqdi
16 noyabr 2023, 19:23

Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa jahon chempionati guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunladi va 1/8 finaliga yo‘l oldi. Foto va video.

PFL O‘zbekiston Kubogi finaliga bag‘ishlangan videoanons chiqardi. Bu rolikni deyarli hamma maqtayapti
9 noyabr 2023, 19:12

PFL O‘zbekiston Kubogi finaliga bag‘ishlangan videoanons chiqardi. Bu rolikni deyarli hamma maqtayapti

“Nasaf” va OKMK futbol klublari 12-noyabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida to‘qnash keladi. Musobaqa tashkilotchisi O‘zPFL final oldidan maxsus videoanons tayyorladi. Ikki jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida olingan rolik jamoatchilik tomonidan asosan iliq kutib olindi.

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi
4 noyabr 2023, 12:00

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi

Prezident qarori bilan 2024-yil 1-iyungacha futbol bo‘yicha maxsus telekanal ochiladi. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida Milliy futbol markazi tashkil qilinadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Olimpiadaga saralashning so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi
2 noyabr 2023, 11:04

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Olimpiadaga saralashning so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2024-yilgi Parij Olimpiadasi o‘yinlariga saralash bosqichining hal qiluvchi uchinchi bosqichiga chiqdi. Ular guruhdagi so‘nggi o‘yinda hindistonlik raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etdi (statistika, video, foto).

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi
17 oktabr 2023, 11:43

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi

O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etdi. Bu terma jamoaning 3 yil ichida ilk safardagi g‘alabasi (video, foto, statistika).

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi
7 oktabr 2023, 22:30

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni mag‘lub etib, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi (video, foto).

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi
4 oktabr 2023, 19:47

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi
1 oktabr 2023, 15:29

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta 1994-yilda turnirning ushbu bosqichiga chiqqan (+gollar videosi).

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi
30 sentabr 2023, 19:13

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozonib, Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba goli qo‘shimcha vaqtda kiritildi.

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi
28 sentabr 2023, 12:23

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Sportchi avval Saudiyaning “An-Nasr” klubida to‘p surgandi.

OCHL: “OKMK”da mag‘lubiyat, “Navbahor”da durang, “Nasaf”da esa g‘alaba
19 sentabr 2023, 11:20

OCHL: “OKMK”da mag‘lubiyat, “Navbahor”da durang, “Nasaf”da esa g‘alaba

Dushanba kuni O‘zbekistonning 3 ta klubi Osiyo Chempionlar ligasida o‘z ishtirokini boshladi. Ilk turda “OKMK” “Al-Ittihod”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Nasaf” “Al-Faysaliy”ni minimal hisobda yutdi. “Navbahor” esa Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH guruh bosqichidagi raqiblari aniq bo‘ldi
16 sentabr 2023, 09:48

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH guruh bosqichidagi raqiblari aniq bo‘ldi

Syurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida Ispaniya, Kanada va Mali jamoalari bilan kuch sinashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting