Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. U 2 gektar yerni xaridor nomiga o‘tkazib, u yerda kottej qurish uchun ruxsatnoma olib berishini aytgan.
FVV xodimlari Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishini qutqardi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda. Viloyat FVBga ko‘ra, buzish ishlari shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagi bilan amalga oshirilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi.
Toshkent viloyati Qibray tumanida daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan erkak FVB xodimlari tomonidan qutqarildi. U otga minib, daryodan o‘tayotganda, jonivorning oyog‘i toyib, suvga yiqilgan.
FVV qutqaruvchilari Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas`ni suvdan olib chiqdi. Haydovchi va ikki yo‘lovchining o‘zi suvdan chiqib olgan.
Andijonning Asaka tumanida 1 yoshli qizaloq hojatxonaga tushib ketdi. FVB qutqaruvchilari qizni chuqurdan olib chiqdi.
Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi.
Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida prokurorlar va FVB xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda qamoqqa olindi.
Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati, Botir Ashurov esa Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliq etib tayinlandi.
Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda hushsiz oqib ketayotgan 2 yoshli qizchani qutqarib qoldi. Bolaning otasi uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan. Tuman FVB yiigitni tashakkurnoma va sovg‘a bilan taqdirladi.
Ikki kunda Toshkent va Namangan shaharlarida yurib ketayotgan Nexia avtomobillarida yong‘in chiqqan. Hodisalar oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Chinoz tumanida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi. Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari ularga va avtomashinaga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatdi.
Jizzax shahridagi Markaziy dehqon bozori hududida archa yonib ketdi. Yong‘inga bezak sifatida o‘rnatilayotgan chiroqlar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Voqeada fuqarolarning kuyish tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Kasbi tumanida Nexia yo‘l chetidagi kanalga ag‘darildi. Tuman FVB xodimlari mashinani maxsus texnika yordamida kanaldan olib chiqdi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Samarqand viloyatida 5 ta uy yonib ketdi. Yong‘in kuchli shamol oqibatida katta maydonga tarqalgan. Uni o‘chirishga 1 soatdan oshiq vaqt ketdi. Yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting