Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida kanalizatsiyadagi chiqindilarni tozalash maqsadida tushgan 2 nafar xodim undan chiqolmay qoldi. Quduq ichida suv ko‘payib ketgan va ulardan birining tobi qochgan. FVV qutqaruvchilari ishchilarni olib chiqdi va shifoxonaga joylashtirdi.
Jizzax shahrida qutqaruvchilar kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bolani qutqardi. Bola jarohatlanmagan.
FVB xodimlari Toshkentning Yashnobod tumanida 10 metr chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni qutqardi. Fuqaro yengil tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazorati ostida.
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.
O‘zbekistonda 2022-yilda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan 84 ta holat 120 nafardan ko‘proq odamning o‘limiga olib keldi. 2023-yilda shu kabi 46 ta, 2024-yildan hozirgacha 32 tadan ko‘p is gazi chiqishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. FVV aholiga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Toshkent shahrida fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari jabrlanuvchini chuqurdan chiqarib olib, shifokorlarga topshirdi.
Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Ular sog‘lom.
Oqqo‘rg‘on tumanidagi novvoyxona hojatxonasiga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi. U shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida haydovchi qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgani sababli “VAZ-2016” mashinasi Zang kanaliga tushib ketdi. U maxsus texnikalar yordamida olib chiqildi.
Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida yuk mashinasiga yonilg‘i quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Qibraydagi Toshkent davlat agrar universiteti binosida kelib chiqqan kuchli yong‘in 2 soatga yaqin muddatga to‘liq o‘chirildi. Uni o‘chirishga 15 dan ortiq ekipaj jalb qilindi. “Gazeta.uz” muxbirlari hodisa joyidan kadrlar oldi.
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun 4 soatdan ortiq vaqt ketdi. Yong‘inda hech kim jarohat olmadi. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.
Samarqand shahrida turar joy binosining 3-qavatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi va ikki nafar fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat oqibatida yong‘in sodir bo‘lmadi. FVB surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi, portlash sababi haqida ma’lumot yo‘q.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘prikdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi.
Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga chiqib, yo‘ldan adashib qolgan uch nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Agar bu holat kuzatilsa bemorga birinchi tez yordam ko‘rsatish tartibini tushuntirib o‘tdi.
Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda.
O‘zbekiston aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlari tuziladi. Buning asosiy maqsadi aholi punktlari va obyektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
“Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 2 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular soat tungi soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan.
Bo‘stonliq tumanida “Qulosoy” sharsharasi yaqiniga sayohatga chiqqan uch fuqarodan biri oyog‘idan jarohatlandi. Ular FVB tomonidan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda unga uyiga ruxsat berilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting