Markaziy bank 2025-yilda inflyatsiya va iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy makroiqtisodiy risklarni sanadi. Global geosiyosiy keskinliklar, xomashyo narxlari ehtimoliy o‘sishi, aprelda gaz va elektr energiyasi narxlari oshishi shular jumlasidan.
Yanvar yakunlariga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi dekabrga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,7 foizni tashkil etdi. Aholi oy davomida eng ko‘p elektr energiyasi, gaz, go‘sht va tuxum narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgani qayd etdi.
Bosh prokuratura departamentining 2024-yildagi tadbirlarida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 1200 dan ortiq holat aniqlandi. Ularda jami 600 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Shuningdek, tamaki aylanmasi 9 foizgacha qisqarishi natijasida aksiz solig‘i tushumi 31 foizga oshdi.
O‘zbekistonda ayrim ulgurji iste’molchilar uchun gaz ta’minotiga cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi “Hududgazta’minot”. Sabab sifatida allaqachon bartaraf etilgan avariya tufayli magistral gaz quvurlarida bosimning pasaygani keltirildi.
O‘zbekistonda elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Avvalroq u 1-yanvardan gazsiz uylar uchun elektr energiyasiga chegirma joriy etilishini aytgandi, ammo bu amalga oshmadi.
Aprel oyida elektr energiyasi va gaz tariflari oshishidan inflyatsiyaga dastlabki qo‘shimcha ta’sir 1,8−1,9 foiz punkt bo‘lishi kutilmoqda. “Bu joriy yil uchun 7−8 foiz atrofida bo‘lishi kutilayotgan inflyatsiya prognozida inobatga olingan”, — dedi Markaziy bank raisi.
2024-yilda O‘zbekiston yana gazni eksportdan ko‘ra ko‘proq import qildi va sof importyor maqomini saqlab qoldi. Import qiymat jihatdan 2,4 barobar — $1,68 milliardgacha o‘sdi. Eksport ham oshdi — $627,6 milliongacha yoki 18,4%. Xitoy esa O‘zbekiston gazini $726,26 millionga sotib olganini ma’lum qildi.
Toyloq tumanida fuqaro o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 1,3 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi. Namangan shahrida esa fuqaro novvoyxonasini gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, 362 mln so‘mlik zarar yetkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’moli 200 kVt/soatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘m to‘lanishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Limitdan oshgandagi qo‘shimcha to‘lov miqdori aholiga emas, tadbirkorlarga kamaygan.
O‘zbekiston hukumati kechikib bo‘lsa-da, belgilangan limitdan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini pasaytirdi. Limitning o‘zi esa oshirildi.
O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish bo‘yicha davlat xizmatlari proaktiv formatga o‘tkazilmoqda. Ya’ni ular fuqarolarning murojaatlarisiz tekshiriladi. Yana oltita xizmat kompozit formatda taqdim etiladi.
O‘zbekistonda gaz qazib olish noyabr oyida ham pasayishda davom etdi va 3,67 mlrd kub metrgacha tushdi (2023-yil noyabriga nisbatan -3,3 foiz). Ko‘rsatkich 11 oyda deyarli 2 mlrd kub metrga kamaydi. Dizel ishlab chiqarish 37,1 foizga, benzin 12,4 foizga, neft 8,7 foizga kamaydi.
O‘zbekiston ichki gaz ishlab chiqarish hajmi kamayishi va import 1,55 mlrd dollarga yetganiga qaramay, gaz eksport qilishni davom ettirmoqda. Yil boshidan buyon xorijiy davlatlarga “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib berish qariyb 600 mln dollarga yetdi. Xitoy 667,4 mln dollarlik o‘zbek gazini import qilganini bildirdi.
O‘zbekistondagi eng yirik gaz qazib oluvchi “O‘zbekneftgaz” 2025-yilda qazib olish hajmi 26,5 mlrd kub metrgacha qisqarib borishini prognoz qilmoqda. Bu 2024-yil uchun prognozdan 2,8 mlrd, 2022-yilgi qazib olingandan 5,7 mlrd kub metrga kam. Avvalgi prognozlardan esa 7,6 mlrd kub metrga kamroq.
Prezident yig‘ilishida gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash va seysmik qidiruv maydonini kengaytirish reja qilingani aytildi. “O‘zbekneftgaz” loyihalari uchun 2 mlrd dollar xorijiy kredit jalb qilmoqchi. Korxonaga tannarxni 8 foizga kamaytirish topshirildi.
Hukumat tariflar bu yil oshirilgani va yana oshirilishi kutilayotganiga qaramay, 2025−2027-yillarda gaz va elektr energiyasini subsidiyalashda davom etadi. Bu 2028-yilga boribgina to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari energoislohot nima bilan yakunlanishi kerakligini tushuntirdi.
“Hududgazta’minot” issiqxonalarga gaz yetkazib berishga vaqtinchalik cheklovlar kiritmoqda. Cheklovlar havo harorati keskin pasaygan vaqtda qo‘llanilib, quvurlarda gaz bosimi barqarorlashganda bekor qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov turkman tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldi. Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan qo‘shma gaz loyihalarini ham muhokama qildi.
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda 2,9 mingta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ularda 97,1 mlrd so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilindi. “Hududgazta'minot” xodimlari, shuningdek, 23 ta gaz ballonlari “bunker"i faoliyatiga chek qo‘ydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostona muzokaralari yakunida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirish rejalarini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting