Bosh prokuratura Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda hodisa oqibatida jabrlanganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot muassasalaridan birida gaz portlashi yuz berdi. 7 kishi jarohat olgan, halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida hammomda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga keldi. Portlash oqibatida hammom tomi qulagan. Uch kishining vafot etgani, to‘rt fuqaroning jarohatlangani ma’lum qilindi.
Erta tongda Surxondaryodagi «Indenim» savdo majmuasida chaqnash sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida bino ichida bo‘lgan 9 kishi jarohat olgan, yana ikki kishi vafot etgan. Voqea joyida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi ish olib bormoqda.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yuborildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi kvartiraning gaz ta’minoti tizimiga ruxsatsiz ulanishi oqibatida yuz berdi, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aniqlik kiritilishicha, bino hali foydalanishga topshirilmagan.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi yetti qavatli yangi uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Uyda yashovchilar jabrlanmadi, bir nechta kvartiraga zarar yetgan, deb xabar berdi FVV.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida «UAZ» avtomobilidagi gaz balloni yorildi. Jabrlanganlar yo‘q.
Nurafshonda sodir bo‘lgan va bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gazni o‘g‘rilash natijasida sodir bo‘lgan. «Hududgazta’minot» kvartira egasi gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni bilan ulaganini ma’lum qildi.
Xorazm viloyatida uyning devorlari va tomining qulashiga olib kelgan gaz portlashi yuz berdi. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etgan, otasi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Andijondagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlashi oqibatida 30 kv. metr maydon yonib zararlangan. Xonadondagi uch kishi turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting