Toshkentda o‘tgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik qizlar jami 7 ta: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Medallarning 5 tasiga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova egalik qildi.
Turkiyada gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup series musobaqasida Oksana Chusovitina oltin, Abdulaziz Mirvaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Filippinda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston 18 ta medal — 10 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza bilan yakunladi. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta — 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg‘ona shahrida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi. Ularni qurish «O‘zavtosanoat» homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 17 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z chiqishlarini yakunladi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston gimnastikachilari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shulardan 3 ta oltin va 1 ta bronzani terma jamoa hisobiga Taxmina Ikromova olib keldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting