Surxondaryo viloyatida DXX xodimlari tomonidan Tojikiston va Afg‘onistonda tayyorlangan yirik partiyadagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. 67 kgdan ortiq opiy, 48 kgga yaqin gashish va 450 gramm geroin topilib, musodara qilindi.
DXX va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Jizzax, Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida jami 17 kg 165 gr “opiy” va 18 kg 279 gr “gashish” giyohvand moddalarining muomalasiga chek qo‘yildi.
DXX xodimlari Toshkentda va bir qator viloyatlarda giyohvand moddalar savdosining bir nechta holatlariga chek qo‘ydilar. Qariyb 18 kg, jumladan, Amudaryo orqali chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarosidan 9 kg opiy topildi va musodara qilindi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida giyohvand moddalar aylanmasi aniqlandi, 5,2 kg gashish va qariyb 30 gramm «opiy» musodara qilindi.
Toshkentda Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida uylarning devorlariga giyohvand moddalarni reklama qilgan yozuvlarni yozgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruvlarda jami 62 ta yozuv aniqlandi.
Bojxona qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi chegara posti orqali 96,9 kg giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilishga urinish holati aniqlandi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida jami 3,3 kg, Toshkent viloyatida jami 5,4 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi. Barcha holatlarda narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.
DXX tomonidan Sirdaryo va Samarqandda jami 7 kg, Dang‘ara tumanida 1 kg dan ortiq, Farg‘ona viloyatida 1,3 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi.
AOKA va Ichki ishlar vazirligi narkotik moddalar reklamasi haqida xabar berish mumkin bo‘lgan Telegram-botni ishga tushirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning uchta tumanida «bu kabi reklamalar ko‘payib ketgani» haqida xabar tarqalgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting