Xorijiy internet kompaniyalari, jumladan, Meta, Google, Apple va Netflix 2024-yilda O‘zbekistonda daromadlarini 1,5 barobar — salkam 1 trln so‘mgacha oshirdi. Shuningdek, 115,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. QQSning katta qismi Meta’ga to‘g‘ri keldi, mamlakatda bloklangan TikTok 900 mln so‘mdan ortiq to‘ladi.
AQSh Adliya vazirligi Google’ni majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda Android operatsion tizimi va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq sud kompaniyani qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgandi.
AQSh sudi Google monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan, deb qaror qildi. Kompaniya smartfonlarda standart qidiruv tizimi bo‘lish uchun shartnomalar tuzgan. “Google — monopolist”, — dedi sudya va IT gigantining harakatlari “monopoliyasini saqlab qolish"ga qaratilganini ta’kidladi.
Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi.
To‘qqiz oy mobaynida elektron xizmatlarni ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘ladi. To‘lovlarning aksariyati Facebook, Google va Apple hissasiga to‘g‘ri keladi.
So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekiston davlat idoralari Google kompaniyasiga kontentni o‘chirish bo‘yicha 6 marta so‘rov yuborgan. Taqqoslash uchun: bu davr mobaynida Rossiya Googlega 123 mingdan ortiq marta murojaat qilgan.
«Tolibon»ning IDga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya o‘tkazayotgani, Hindistonning sayyohlik vizalarini berishni boshlashi, Google’ning iqlim o‘zgarishini inkor etuvchi kontentni monetizatsiya qilishni taqiqlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Burkina-Fasoda jangarilarning qishloqqa hujumi natijasida 160 kishining halok bo‘lgani, Google’ning Fransiyaga 220 mln yevro miqdorida jarima to‘lashi, Chernobil zonasida turizmning rivojlantirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQSHda ayrim toifadagi chet elliklarga qo‘yilgan taqiqlarning bekor qilinishi, Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganlari, Avstraliyada Google va Facebook’ning mahalliy yangiliklar uchun pul to‘lashi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Avstraliya hukumati va Facebook onlayn-platformalarda yangiliklarning joylanishi uchun OAVlarga pul to‘lashga majbur qilib qo‘yuvchi qonun loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Avvalroq kompaniya Avstraliya OAVlarining tarmoqdagi barcha postlarini bloklagan edi.
Isroil va Kosovo diplomatik aloqalarni o‘rnatgani, Xitoyda koronavirusga qarshi soxta vaksinalarning musodara qilingani, Google kompaniyasining kamsitish holatlari uchun 3,8 mln dollar to‘lashi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Google kompaniyasining mashhur Chrome brauzeri sotilishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya reklama biznesining bir qismidan ham ayrilishi mumkin.
Google Android-qurilmalar uchun zilzilalar haqida ogohlantiradigan dastur ustida ishlayapti. Smartfon mini-seysmometr vazifasini bajarib, foydalanuvchilarni tabiiy ofat haqida ogohlantiradi.
«Eng yirik IT-korporatsiyalar foydalanuvchilar ma’lumotlarini raqobatchilarini „yo‘q qilish“ uchun qo‘llashmoqda, bu kompaniyalar juda yirik», — deydi AQSH kongressmenlari. Shu masalada ushbu yirik kompaniyalar, Apple, Facebook, Google va Amazon rahbarlari Kongress savollariga javob berishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting