Prezidentga olib kirilgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga oid taqdimotga ko‘ra, 2025-yilda 2 mln gektar maydonga meva-sabzavot va poliz ekinlari ekilib, hosillari monitoring qilib boriladi. Xususan, aholiga birlamchi zarur 10 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotining tizimli hisob-kitobi yuritiladi.
Toshkent viloyatida g‘alladan bo‘shagan 11,6 gektar maydondagi somonpoya qoldiqlari yoqilgani sabab dala chetidagi daraxtlar shikastlandi. Tuproq unumdorligiga 24,6 mln so‘m, o‘simlik dunyosiga 16,8 mln so‘m zarar yetdi. Fermer jarimaga tortildi. Ekologiya vazirligi somonpoya qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirmoqda.
Bundan keyin tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar g‘allasini olib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, birja orqali sotilgan bug‘doyga hududlararo cheklov qo‘yilmaydi. Prezident bosh prokuror, viloyat, tuman va shahar prokurorlari buni shaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qat’iy chora ko‘rishni buyurdi.
Kelgusi yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga yetishtirgan bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi. Bunda ular 3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna g‘allani birja savdolariga erkin narxlarda chiqaradi. «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi donni qayta ishlash zavodlari ochiq savdolarga chiqariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting