Prezident Shavkat Mirziyoyev noyabrda Falastin muammosiga bag‘ishlangan sammitda O‘zbekiston G‘azodagi urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyorligini bildirgandi. 26-dekabr kuni O‘zbekistonga 100 falastinlik evakuatsiya qilindi. “Gazeta.uz” muxbirlari ular bilan suhbatlashdi.
Gaagadagi xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish uchun order berdi. Ular G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar sodir qilishda ayblanmoqda.
AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
BMT Xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasiga rozilik bildirishga chorlovchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. Ovoz berishda qatnashgan mamlakatlarning 14 tasi hujjatni yoqladi.
Isroilning Rafahdagi chodirlar lageriga havo hujumi oqibatda kamida 45 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Hujum BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralandi. Netanyaxu zarbani “fojiali baxtsiz hodisa” deb atadi, lekin maqsadlarga erishilmaguncha urushni tugatish niyatida emasligini ma’lum qildi.
G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan 20 ta yuk mashinasidan iborat birinchi karvon yetib bordi. Qohiradagi sammitda BMT rahbari cheklovsiz va uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazishga, shuningdek, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Falastinning HAMAS guruhini butunlay yo‘q qilish kerakligini, ammo G‘azo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi, uning fikricha, “katta xato” bo‘lishini hamda Falastin davlatini yaratish yo‘llarini izlash lozimligini ma’lum qildi.
Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining topilgani, Suriyaning 1 mlndan ortiq aholisi ichimlik suvisiz qolganida Turkiyani ayblagani, Isroilning G‘azo sohilidagi baliq ovi hududini butunlay yopib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting