Namanganda fuqaro va uning onasini Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari Haj va Umra ziyoratlari bilan bog‘liq yana 4 ta holatni aniqladi.
“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi.
Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Haj vaqtida 1301 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar bo‘lib, jaziramada uzoq vaqt qolib ketgan.
Prezident farmoni bilan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirildi. 1-dekabrdan “Haj”ga borish uchun navbatda turganlar, bolalarni “bog‘cha”ga qabul qilish bo‘yicha arizalar navbati va yana 3 turdagi ma’lumotlar ham ochiq e’lon qilinadi.
Farg‘ona shahridagi turistik firma xodimi rahbarining ko‘rsatmasi asosida fuqarodan Hajga yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, shundan 10 ming dollar olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX tomonidan Farg‘ona va Andijon viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, Haj ziyoratiga yuborish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirining ma’lum qilishicha, koronavirus sabab qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. «Haj ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari bo‘lmaydi», — dedi vazir.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya uchrashuvida o‘zbekistonliklar uchun yillik haj kvotasini ikki barobar — 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Saudiya Arabistoni dunyo bo‘ylab ziyoratchilarning sayohatini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan Nusuk integratsiyalashgan raqamli platforma bo‘lgan Nusukni ishga tushirdi. U orqali vizaga ariza topshirish, mehmonxona va reyslarni bron qilish mumkin.
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Din ishlari qo‘mitasi va Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashuvda haj va umra xizmati sifatini oshirish, ziyorat narxini arzonlashtirish muhokama etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berishicha, Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi servislarga talab oshgani, qolaversa, Ramazon oyida tashkil etiladigan «Umra» tadbirlari ham narx-navoga ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, har bir ziyoratchi uchun belgilangan summaga qo‘shimcha to‘lov qilinishi mumkin.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Kamilov 17 may sanasidan «Haj» va «Umra» safarlariga ruxsat berilishi mumkinligini qayd etdi. U safar masalasi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.
Saudiya Arabistonida emlanganlarga Ramazon oyida haj ziyoratiga ruxsat berilgani, Belarusning bir qator mamlakatlardagi elchixonalarining yopilishi mumkinligi, Iordaniyada qirolga qarshi fitna haqidagi xabarlarga taqiq qo‘yilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusga qarshi emlangan insonlarga kichik va katta haj ziyoratlari uchun ruxsat berishga qaror qildi. Mamlakat o‘tgan yil noyabridan 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni manfiy natijali PZR-test bilan Umra ziyorati uchun kiritishni boshlagan edi.
Haj va Umra ziyoratini faqat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilishi taklif qilinmoqda. Taklifga binoan, O‘zbekistonda boshqa tashkilotlarning ushbu tadbirlarini tashkil etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting