Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri unga mamlakat podshohining “ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi” — muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining bir parchasini topshirdi. Ular o‘zbekistonlik ziyoratchilarga sharoit va xizmatlar sifatini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonda Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi. Ziyoratchilar Madinada 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi. Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16,6 mln so‘m, biroq Haj-Umra markazi narxlar o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting