O‘zbekiston professional futbol ligasi 2021 yilda 15,7 mlrd so‘m ishlab topgan, musobaqalar o‘tkazish uchun esa 16 mlrd so‘m sarflagan, bu O‘zPFLning OAV oldidagi ilk ochiq moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi. «Avval, jamoalardan pul olmaydigan tashkilotga aylanib olishimiz, undan keyin jamoalarga pul beradigan tashkilotga aylanishimiz kerak», — dedi O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev. Qolaversa, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ochilishi ham qayd etildi.
O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Jumladan, «Turon» bosh jamoasi bosh murabbiyi hamda klub prezidenti jazolandi.
14 mart kuni bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi. Shuningdek, maxsus inspeksiya tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganib chiqish ishlari boshlandi.
O‘zbekiston Superligasida «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 52-daqiqasida bahsli holat yuzaga keldi va ushbu holat xaqida o‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Turon» bosh murabbiyi futboldagi korrupsiya haqida va adolatsizlik haqida gapirdi.
Ravshan Ermatov IFFHS talqini bo‘yicha 2011−2020 yillar oralig‘idagi eng yaxshi referilar ro‘yxatiga qiritildi. Eng yaxshi hakamlar ro‘yxatida germaniyalik Feliks Brix yetakchi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting