HAMAS asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvlarning oltinchi bosqichi doirasida Qizil Xoch xodimlariga garovga olingan uch nafar isroillikni topshirdi. O‘z navbatida, Isroil 369 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kutilmoqda.
HAMAS garovga olingan yana 3 nafar isroillikni reja bo‘yicha ozod qilishini ma’lum qildi, bu esa o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha nizoni hal qilishga yo‘l ochadi. Avvalroq Tramp va Netanyahu agar guruh 15-fevralgacha garovga olinganlarni qaytarmasa, G‘azoda janglar qayta boshlanishini bildirgandi.
Binyamin Netanyahu agar HAMAS 15-fevralgacha garovga olingan isroilliklarni qaytarmasa, G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshlashni va’da qildi. Avvalroq HAMAS shartlar buzilganini aytib, ozod qilishni to‘xtatgandi. Tramp esa guruhga shanbagacha muhlat bergan.
HAMAS Isroilni sulhni buzganlikda aybladi va garovga olingan isroilliklarni ozod qilishni noma’lum muddatga qoldirishini ma’lum qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp guruhdan shanba kuni tushgacha barcha garovga olinganlarni qaytarishni talab qildi, aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, “jahannam boshlanadi”.
Garovga olinganlarni almashishning beshinchi raundi doirasida HAMAS Qizil Xochga uch kishini topshirdi. Isroil esa 183 nafar falastinlik mahbusni ozodlikka chiqardi.
AQSh G‘azo sektorini egallaydi va falastinliklar boshqa joyga ko‘chirilgandan so‘ng uni iqtisodiy jihatdan rivojlantiradi, dedi Tramp Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan uchrashuvi doirasida. Prezident G‘azoga AQSh qo‘shinlari yuborilishini istisno qilmadi.
HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim doirasida garovdagi uch isroillikni va besh nafar tailandlik fuqaroni ozod qildi. Bunga javoban Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak.
Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. HAMAS esa isroillik uch ayolni topshirdi. Kelishuvning birinchi bosqichida HAMAS 97 nafar isroillikning 33 nafarini, Isroil mingdan ortiq falastinlik mahbusni ozod qilmoqchi.
Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Bunda 24 nafar vazir yoqlab, 8 nafari esa qarshi ovoz berdi. Ertadan garovga olinganlarni ozod qilish boshlanishi kutilyapti.
Isroil bosh vaziri ofisi Isroil va HAMASning muzokara guruhlari kelishuv imzolaganini rasman tasdiqladi. Endi uni Isroil hukumati tasdiqlashi kerak. Bitimning kuchga kirishi 19-yanvardan 20-yanvarga qoldiriladi.
Isroil va HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish va falastinlik mahbuslar evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga bag‘ishlangan kelishuvi uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. 19-yanvardan harbiy harakatlar to‘xtatiladi.
Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu Yaqin Sharqni ostin-ustun qilgan 15 oylik urushning ehtimoliy yakuniga yo‘l ochishi mumkin. Tomonlar mahbuslarni tez orada ozod qilishi kutilmoqda.
Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida sulh tuzish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda”, dedi kelishuvga vositachilik qilayotgan Qatar TIV.
Qatar bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralardan so‘ng Isroil va HAMASga G‘azo sektori bo‘yicha sulh bitimi loyihasini taqdim etdi, deb yozmoqda Reuters. Qatar tomonlarga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitim matnini yetkazgan.
HAMAS o‘z qo‘shinlarini G‘azo hududidan olib chiqib ketish va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolash evaziga 34 nafar isroillikni ozod qilishga roziligini bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Qatarda tomonlar kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklagan.
Qatarda ikki oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tiklanadi.
Isroil HAMAS guruhi yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya paytida o‘ldirilganini tasdiqladi. U 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblanayotgandi.
AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
AQSh hukumati HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning qator rahbarlariga 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum munosabati bilan rasman jinoiy ayblovlarni e’lon qildi.
Isroil va HAMAS gumanitar tashkilotlar bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashlari uchun G‘azodagi jangovar harakatlarda uch kunlik tanaffusga kelishdi. Avvalroq JSST anklavda 25 yil ichida birinchi kasallanish holatini tasdiqlagan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting