Instagram orqali Toshkent shahri aholisini haqorat qilgan qiz 10 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolandi. Qiz videoni taksi haydovchisi uni qayerdan kelgani haqidagi savolidan so‘ng jahli chiqib tasvirga tushirganini aytgan.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi. Yozib olingan audioga ko‘ra, Uralova IIBga hokimni qamab qo‘yishni buyurganini ham eshitish mumkin. Unga intizomiy jazo ko‘rish bo‘yicha viloyat hokimiga taqdimnoma kiritildi.
Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi.
Zoom orqali o‘tkazilgan majlisda xodimlarini haqorat qilgan Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapovga hayfsan berildi. U yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish vaqtida asablarini jilovlay olmagan.
Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq tarzidagi ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bunday hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan, dedi vazirlik.
Bandixon prokuroriga mahalla raislarini haqoratlagani uchun intizomiy chora qo‘llanildi. Lekin prokuror Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddaci bilan ham javobgarlikka tortilishi kerak edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting