Ombudsman tomonidan aniqlangan qator kamchiliklar sababli Qarshi tuman IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi. Unda saqlanayotgan shaxslar ta’mirlangan Kasbi tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirildi. Xatolarni bartaraf etish bo‘yicha IIVga taqdimnoma kiritildi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida mahbuslarga yetarli sharoitlar yaratilmagan, deya ombudsman monitoring natijalarini e’lon qildi. Kameralarda qator jihozlar yetishmaydi, choyshab va yostiq jildlari ham monitoring kuni almashtirilgan, yuvinish xonalari gigiyenaga javob bermaydi.
Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi.
Chirchiq shahri ichki ishlar bo‘limi hibsxonasida saqlanayotgan 22 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etdi, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIBB. Biroq tarmoqlarda uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangani aytildi. Ombudsman holatni o‘rganmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting