«hokim» tegli maqolalar


IIB rahbari Qiziriq tumaniga hokim bo‘ldi
28 yanvar 2025, 09:20

IIB rahbari Qiziriq tumaniga hokim bo‘ldi

Sherxon Allamurotov Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar tuman IIB boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi
2 dekabr 2024, 10:58

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi

Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.

Boyovut hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi
1 noyabr 2024, 18:18

Boyovut hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi. Yozib olingan audioga ko‘ra, Uralova IIBga hokimni qamab qo‘yishni buyurganini ham eshitish mumkin. Unga intizomiy jazo ko‘rish bo‘yicha viloyat hokimiga taqdimnoma kiritildi.

Alisher Qurbonov Muzrabot tumani hokimi bo‘ldi
26 sentabr 2024, 01:34

Alisher Qurbonov Muzrabot tumani hokimi bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga Alisher Qurbonov hokim etib tayinlandi. U bungacha fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lgan.

Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
25 sentabr 2024, 22:39

Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Akbarali Ishmurzoyev Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Denov hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Avvalgi hokim boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan olingandi.

Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi bo‘ldi
25 sentabr 2024, 13:32

Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi bo‘ldi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi bandlik vaziri bo‘lgandi.

G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi
7 avgust 2024, 10:01

G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi

Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim prezident yig‘ilishida faoliyatidagi tizimli kamchiliklar uchun ishdan olingandi.

Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi
2 avgust 2024, 20:37

Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi

Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.

Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
5 iyun 2024, 11:35

Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga hokim bo‘ldi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi
8 aprel 2024, 12:25

Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Odil Musanov Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga hokim etib tayinlandi. U shu paytgacha viloyatning Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida ishlab kelayotgandi.

Bag‘dod, Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
20 fevral 2024, 09:42

Bag‘dod, Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumaniga, Qodirjon Erkaboyev esa Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Aziz Ergashev Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi viloyatga vaqtincha hokim bo‘ldi
6 yanvar 2024, 15:39

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi viloyatga vaqtincha hokim bo‘ldi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgani sababli uning o‘rnini yoshlar yetakchisi Dilmurod Rahimjonov vaqtincha egalladi. Hokimlik buni “yoshlarga motivatsiya berish” deya izohladi. Bunday amaliyot 2020-yilda Andijon viloyatida ham kuzatilgan.

Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev qo‘lga olindi
19 dekabr 2023, 12:38

Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayevni qo‘lga oldi. U bu lavozimga to‘rt oy avval tayinlangandi.

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi
28 noyabr 2023, 10:23

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Qo‘shko‘pir, Tuproqqal’a va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
7 noyabr 2023, 14:17

Qo‘shko‘pir, Tuproqqal’a va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumaniga Shuhrat Axmedov, Tuproqqal’a tumaniga Akmal Jimalyazov va Shovot tumaniga Oybek Xolboyev hokim etib tayinlandi.

Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi — Shavkat Umurzoqov
28 sentabr 2023, 09:31

Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi — Shavkat Umurzoqov

“Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida shikastlangan uylar egalariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi. “2−3 kun ichida bu muammolarni hal qilamiz”, — dedi voqea joyiga yetib kelgan poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.

“Hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi”. Sirdaryo viloyati hokimi nega 16 ta Tracker sotib olinayotgani haqida
28 iyul 2023, 16:48

“Hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi”. Sirdaryo viloyati hokimi nega 16 ta Tracker sotib olinayotgani haqida

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev o‘z o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlariga 4 mlrd so‘m evaziga 16 ta Tracker xarid qilinayotganiga izoh berdi. “Ayrim tumanlarda hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi. Ulardan talab qilishim uchun, avvalo, shart-sharoit yaratib berish kerak”, — dedi hokim.

3 nafar hokim va yana 3 mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi
20 iyul 2023, 18:58

3 nafar hokim va yana 3 mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi

Antikorrupsiya agentligi jami 6 nafar mansabdor — Bo‘ston, Qiziltepa va Yakkasaroy tumanlari hokimlari, Antidoping agentligi, Axborotlashtirish bosh markazi va Ipakchilik qo‘mitasi rahbarlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berish choralari ko‘rilmoqda.

Koson hokimi ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda
2 aprel 2023, 13:46

Koson hokimi ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda

Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev 31-mart kuni o‘tkazgan majlisda ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda. Hokimlik matbuot kotibi holatni rad etdi, biroq keyinroq o‘z xabarini o‘chirdi.

Hokimlar kengashga rahbar bo‘la olmaydi, lekin senator etib saylanishi mumkin. Yangi Konstitutsiya loyihasi
15 mart 2023, 15:56

Hokimlar kengashga rahbar bo‘la olmaydi, lekin senator etib saylanishi mumkin. Yangi Konstitutsiya loyihasi

2024 yildan Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanishi mumkin. Konstitutsiya loyihasida ularning deputat va senator etib saylanishi taqiqlanmagan. Anchadan beri muhokama qilinayotgan hokimlarni saylash amaliyoti esa loyihada aks etmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting