Toshkentda hokim yordamchisi o‘zgalarning nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Hokimlik uni 2024-yil noyabrda ishdan bo‘shaganini ta’kidlab, OAVni ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi. Prokuratura esa u jinoyatni hokim yordamchisi bo‘lganida sodir etganini qayd etib, hokimlikni jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi.
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Uchtepa tumanining avval ham uch marta sudlangan hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. U tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tanishlari orqali yer maydoni olib berishni va’da qilgan.
Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi.
Romitan tumanida hokim yordamchisi sodir etgan YTHda 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Haydovchining katta tezlikda harakatlangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shahrisabz shahrida hokim yordamchisi kompaniyalar rahbarlari bilan birga fuqarolar nomiga 1 mlrd 173,6 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Yakkabog‘ tumanida hokim yordamchisi 20 ta na’matak butasi va 5 ta olcha daraxtini noqonuniy kesishi oqibatida tabiatga 9 mln 350 ming so‘m zarar yetdi. U jami 12,7 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 nafar hokim yordamchisi ishdan bo‘shatiladi. Ular aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlarini qoniqarsiz tashkil etgan.
Jalaquduq tumanida hokim yordamchisi xonadonlarga 38,1 tonna ko‘mir ajratib berish uchun mahalla faolidan 600 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U 7 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushgan.
Qumqo‘rg‘on tumanida hokim yordamchisi fuqarolarning nomiga issiqxona tashkil etish uchun 4 marta (jami 132 mln so‘m) kredit olib, pullarni o‘ziga qarashli MCHJga o‘tkazgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va lavozimidan ozod etildi.
Buxoroda hokim yordamchisi mahallada yashamaydigan shaxslar nomiga 163 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Samarqand shahri “Shukrona” mahallasidagi hokim yordamchisi 1500 dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroga bankdagi tanishi orqali 150 mln so‘m miqdoridagi kredit olib bermoqchi bo‘lgan.
Shahrisabzda hokim yordamchisi o‘zi ta’sischiligidagi MCHJga 162 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan JKning 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Boyovut tumanida hokimi yordamchisi o‘zi ta’sischilik qilgan 3 ta tadbirkorlik subyektidan biriga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘tkazgan va ular maqsadsiz yo‘naltirilgan. Hozirda unga va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyati Angren shahrida sobiq hokim yordamchisi ov quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. 4 farzandi bo‘lgan marhum oxirgi paytlarda otasining vafoti tufayli tushkun kayfiyatda yurgani aniqlandi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Dehqonobod tumani hokimi yordamchisi tadbirkorlar bilan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hokim yordamchisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida hokim yordamchisi 2000 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olingani aytilmoqda. U tadbirkorlarga qurilmagan 10 ta issiqxona uchun 330 mln so‘m mablag‘ni jamiyat hisob-raqamiga o‘tkazishda yordam berishini va’da qilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2000 kv. metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulkini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksion savdolariga chiqarishni taklif etmoqda. Agentlik buyurtmani 3 ish kunida o‘rganib chiqadi, ma’qullangan taqdirda obyekt savdoga qo‘yiladi.
Farg‘ona viloyatida faoliyati qoniqarsiz deb topilgan 38 nafar hokim yordamchisi o‘z arizasiga ko‘ra, yana ikki nafari esa sud qarori asosida ishdan bo‘shatildi. Bundan tashqari, yaxshi natijaga erishgani uchun «Chekxitoy» mahallasidagi hokim yordamchisi Nurmatjon G‘oziyev esa prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting