Uchta viloyatning 12 ta tuman va shahri hokimi elektr energiyasi va gazni tejash bo‘yicha rejalarni buzgani, ulardan foydalanish limitlarini oshirgani uchun hayfsan oldi. Energiya resurslari talon-toroj qilingani uchun 2 hokim va 3 hokim o‘rinbosari jazolandi. “O‘zbekko‘mir” rahbari o‘rinbosari ham jazo oldi.
Yaqinda yuz bergan yomg‘irlar Toshkent drenaj tizimining haqiqiy ahvolini ko‘rsatdi, dedi prezident. U suvni suv havzalarida to‘plash va undan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish tizimini yaratishni taklif qildi. Rasmiylar kamida 2015-yildan beri drenaj tizimini ta’mirlash haqida gapirmoqda.
Prezident hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlarini taqsimlovchi qonunni imzoladi. Kengashning vakolatlari kengaytirilib, unga so‘rovlar yuborish va tekshiruvlar olib borish huquqi berilmoqda. Hokim kengash qarorini bekor qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari 19 ta holatda qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Hujjatlar tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib kelishi mumkin deb topilgan.
Prezident bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash va 10 nafar hokimni ishdan olish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, Buxoro tumani hokimi esa sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Ularning o‘rniga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Prezident 2023-yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytdi. Bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.
Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 4 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev 10 ta tuman va 2 ta shahar hokimini investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi uchun ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ularning faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda quyosh panellarini o‘rnatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi belgilandi. 2 oyda o‘zgarish qilmasa, ular ishdan olinadi.
Hokimlarga mahalliy kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanmoqda. Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida bu jarayon 2024-yildan, tuman va shaharlarda esa 2026-yildan boshlanadi. Bunda vazifalar takrorlanishining oldi olinishi, hokimlar ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Qonunchilik palatasidagi qo‘shma yig‘ilishda qonun bilan «hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas» degan norma o‘rnatilayotgani ma’lum qilindi.
Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan 100 mln so‘m olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda 200 ga yaqin maktab yerlarining bir qismi noqonuniy «sotib yuborilgan». Deputat Rasul Kusherbayev sinflar yetishmayotgan bir paytda buni «kelajakka xiyonat» deb atadi. Uning fikricha, maktab yerlarini hokimlar talon-toroj qilgan, ammo «noqonuniy topshiriqni bajargan qo‘rqoq xodimlar» jazolanadi.
Antikorrupsiya agentligi 1378 nafar davlat xizmatchisi, jumladan, 138 nafar hokim va o‘rinbosarlari, 1092 nafar hokim yordamchilari davlat ishi bilan birgalikda tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelayotganini aniqladi. Tenderlarda amaldorlar va ularning yaqinlari g‘olib chiqqan holatlar ham qayd etildi
Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish bo‘yicha hokimlar faoliyatini tanqid qildi. «Viloyat hokimlari hududiga qancha oziq-ovqat yetishmasligi, qancha import kirayotganini bilmaydi-mi?» — dedi u. O‘zgarish qilmagan hokimlar ishdan olinishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev dushanba kungi videoselektorda bundan buyon yig‘ilish va qarorlar kamaytirilishi, asosiy e’tibor ijro va aholi muammolariga qaratilishini ma’lum qildi. Vazirlar Mahkamasi, vazirlar va hokimlar 10 kun ichida o‘z strukturasi va ish uslubini o‘zgartirishi shartligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting