Tuman va shaharlar hokimliklari sakkizta vazirlik va idoraning bo‘lim rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish va jazolash huquqiga ega bo‘ladi. 15 ta tumanda “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” huquqiy eksperimenti o‘tkaziladi.
Prezident farmoni bilan, 12 ta viloyat, Toshkent shahri hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi. Hisob palatasida yo‘lga qo‘yiladigan yangi shu’ba ularni nazorat qilib boradi.
Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? Masalan, Toshkentdagi har bir tuman hokimligini binosiga qarab ajrata olasizmi? “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi — shu haqda.
Antikorrupsiya agentligi 93 ta vazirlik, idora va hokimlikda e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning faqat 52 foizi ochiqlanayotganini aniqladi. Aksariyat hollarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlariga oid ma’lumotlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Prezident issiqxonachilar anomal sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lganini aytib, Energetika vazirligi hamda hokimliklarga uch tomonlama shartnoma asosida ularni gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘ini berdi. Ayrim issiqxonalarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ham ajratiladi.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga duch kelayotgan, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning kontraktlarini to‘lab bergan eng faol hokimliklar reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimligi eng ko‘p talabalarga moddiy ko‘mak ko‘rsatgan (242 nafar talaba — 662, mln so‘m).
Prezident qarori bilan tuman va viloyat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish va kadrlarning xorijda malakasini oshirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 mln dollar ajratiladi. Mablag‘lar hokimliklarga qaytarish sharti bilan milliy valyutada 3 yil muddatga ssuda sifatida taqdim etiladi.
Koson tumani hokimligi panjaralari Qashqardayo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan so‘ng olib tashlandi. Tuman ma’muriyati fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilinishi, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Deputat Rasul Kusherbayev xalq hokimlarni saylashga tayyor emasligi haqidagi fikrga ko‘shilmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ruxsat berayotganlarning o‘zi tayyor emas». «Ularda qo‘rquv bo‘lishi mumkin. Qaysi ma’noda, ular xohlagan odamni, odamlar saylamasligi mumkin», — dedi u. Prezident hokimlarni xalq saylashi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u bunga saylanayotganlar ham, saylovchilar ham tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting