«hududgazta’minot» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida qariyb 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi
Bugun, 00:23

Toshkent viloyatida qariyb 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida issiqxona mas’ullari bir martalik tamg‘a o‘rnatilgan zulfin va hisoblagichni olib tashlash yo‘li bilan 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Ayrim ulgurji iste’molchilar gaz ta’minotidan cheklandi
3 fevral 2025, 22:39

Ayrim ulgurji iste’molchilar gaz ta’minotidan cheklandi

O‘zbekistonda ayrim ulgurji iste’molchilar uchun gaz ta’minotiga cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi “Hududgazta’minot”. Sabab sifatida allaqachon bartaraf etilgan avariya tufayli magistral gaz quvurlarida bosimning pasaygani keltirildi.

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
1 fevral 2025, 02:33

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida korxona ohak ishlab chiqarishda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Gaz hisoblash uskunasi nosozligi sababli muqaddam tarmoqdan uzilgan va tamg‘a o‘rnatilgan, ammo sex rahbari uni o‘zboshimchalik bilan buzgan va ishlatishda davom etgan.

Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
4 yanvar 2025, 22:24

Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi novvoyxona yashirin ravishda tarmoqqa ulanib, qariyb 1,33 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzildi, daliliy ashyolar tegishli organlarga yuborildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlarni elektrdan qarzi uchun tarmoqdan uzishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda
3 yanvar 2025, 12:32

O‘zbekistonda tadbirkorlarni elektrdan qarzi uchun tarmoqdan uzishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar uchun jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish o‘rniga bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.

Nosozlik kuzatilayotgan elektron gaz hisoblash uskunalaridagi muammolar bartaraf etilmoqda
21 dekabr 2024, 10:34

Nosozlik kuzatilayotgan elektron gaz hisoblash uskunalaridagi muammolar bartaraf etilmoqda

“Hududgazta’minot” AJ ishlamay qolayotgan elektron gaz hisoblash uskunalaridagi muammolar bartaraf etilayotganini ma’lum qildi. Buning uchun respublika bo‘ylab 2 mingga yaqin mutaxassis ishlamoqda.

Noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab jami 97 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
6 dekabr 2024, 00:03

Noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab jami 97 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda 2,9 mingta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ularda 97,1 mlrd so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilindi. “Hududgazta'minot” xodimlari, shuningdek, 23 ta gaz ballonlari “bunker"i faoliyatiga chek qo‘ydi.

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
4 dekabr 2024, 23:34

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
29 noyabr 2024, 09:15

Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

Buxoro viloyati Kogon tumanida issiqxona mas’ullari gaz quvuriga yashirincha ulanib, 8,85 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Daliliy ashyolar va hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

O‘zbekistonda qariyb 11 oyda 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
28 noyabr 2024, 10:21

O‘zbekistonda qariyb 11 oyda 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda.

O‘zbekistonda gaz nazorati va to‘lovi uchun ilova ishga tushirildi
21 noyabr 2024, 13:13

O‘zbekistonda gaz nazorati va to‘lovi uchun ilova ishga tushirildi

“Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz hisobi va to‘lovi uchun Hudud Gaz Ta’minot ilovasini taqdim etdi. Xizmat yordamida foydalanuvchilar gaz sarfini kuzatish, hisobni to‘ldirish va tabiiy va suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ilova test rejimida ishlaydi.

Namanganda tadbirkor tarmoqqa noqonuniy ulanib, 3,2 mlrd so‘mlik gazdan foydalangani aniqlandi
21 oktabr 2024, 22:03

Namanganda tadbirkor tarmoqqa noqonuniy ulanib, 3,2 mlrd so‘mlik gazdan foydalangani aniqlandi

Namangan viloyatida tadbirkor quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,22 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Shu kabi holat Sirdaryo viloyatida ham kuzatildi. Hujjatlar tegishli tashkilotlarga yuborildi.

AQSh bilan qo‘shma loyiha O‘zbekistonga 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish imkonini berdi
2 oktabr 2024, 18:07

AQSh bilan qo‘shma loyiha O‘zbekistonga 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish imkonini berdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Hududgazta’minot” hamda Climate Compass shu’ba korxonasi GasGreen Asia’ning qo‘shma loyihasi natijalarini e’tirof etdi. 2023-yil mart oyidan buyon 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishi bartaraf etildi, shu sabab chiqindi hajmi qisqardi va millionlab dollar iqtisod qilindi.

Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin
15 fevral 2024, 14:42

Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta’minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”
15 dekabr 2023, 15:35

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”

“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi
13 dekabr 2023, 12:17

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.

“Iste’molchilarga gaz to‘liq yetkazib berilyapti, yetishmovchilik yo‘q” — “Hududgazta’minot”
11 dekabr 2023, 11:58 1

“Iste’molchilarga gaz to‘liq yetkazib berilyapti, yetishmovchilik yo‘q” — “Hududgazta’minot”

O‘zbekistonda iste’molchilarga gaz to‘liq yetkazib berilyapti, yetishmovchiliklar yo‘q, deya ta’kidladi “Hududgazta’minot”. Kompaniya fuqarolardan gaz jihozlarini faqat zarurat tug‘ilganda ishlatishni, uydan chiqayotganda imkon qadar isitish moslamalarini o‘chirishni so‘radi.

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi
13 sentabr 2023, 11:14

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.

Italiya kompaniyalari O‘zbekistonda gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi
30 mart 2023, 16:31

Italiya kompaniyalari O‘zbekistonda gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi

“Hududgazta’minot“ kompaniyasi Italiyaning Pietro Fiorentini kompaniyasi bilan O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiradi. Loyiha Italiyaning eksport-kredit agentligi tomonidan 200 mln yevro miqdorida moliyalashtiriladi.

O‘quvchilar «Gazeta.uz»dan gaz bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam so‘ramoqda
13 yanvar 2023, 19:03

O‘quvchilar «Gazeta.uz»dan gaz bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam so‘ramoqda

«Gazeta.uz» reportaji tufayli Toshkentdagi «Xast imom» mahallasida gaz bosimi muammosi hal etildi. Bu haqdagi xabardan so‘ng tahririyatga shunga o‘xshash vaziyatda yordam so‘rab murojaatlar kela boshladi. Biz har bir holatni batafsil yoritolmaymiz, ammo o‘quvchilardan kelgan murojaatlarni e’lon qilishga tayyormiz.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting