Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. “Hukumatni chinakam xalq xizmatchisiga aylantirish, oddiy insonlarning muammolarini hal etish — faoliyatimizning asosiy mezoni”, — dedi u. “Gazeta.uz” hukumat rahbarining nutqidagi asosiy tezislarni keltiradi.
Prezident qonunosti hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda har doim ham qonun talablariga rioya etilmayotganidan noroziligini bildirdi. 2018-yilda barcha hujjatlar loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish talabi kiritilgandi, ammo 2022-yil mart oyida bu talab o‘zgartirilgan.
Prezident vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlariga parlament quyi palatasi qo‘mitalari bilan hamkorlik qilish mas’uliyatini yuklashni taklif qildi. Shuningdek, u parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilikka emas, balki konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini eslatdi.
Prezident avvalgi hukumat ishiga baho berib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida 2030-yilgacha YAIMni 160 mlrd dollarga yetkazish, inflyatsiyani 5−6 foizda ushlab turish, 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazish va boshqalar bor.
Hukumat poytaxtda ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni rejalashtirmoqda. Buning uchun maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi va unga yer maydonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi. Dastlab transportlar ko‘p to‘planuvchi 4 ta manzilda turargoh barpo etiladi. Ular onlayn auksionda tadbirkorlarga sotiladi.
Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi tarkibdagi hukumat oldidagi vazifalar belgilab berildi. Xususan, sanoatda 5%, qishloq xo‘jaligida 3% va xizmatlar sohasida 14% dan ziyod o‘sishga erishish, biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, aholining xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mamlakatning bir qator qayta tashkil etilgan vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Ularning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.
Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosarlari soni sakkiztadan to‘rttaga qisqartiriladi, bosh vazir maslahatchilari lavozimlari tugatiladi. Bosh vazir o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida vazirlik va boshqa rahbarlik lavozimlarini egallashlari taqiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash vaqti kelganini ma’lum qildi. Hokimlarning kengash raisi maqomini bekor qilish 3 yildan beri ortga surib kelinmoqda.
Hukumat 2022 yilda YAIMning 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi. Inflyatsiya darajasini 2022 yilda 9 foizgacha, budjet defitsitini esa YAIMga nisbatan 3% pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM miqdorini 4000 dollardan oshirish ko‘zda tutilmqoda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting