“Ma’rifat maskani” va USAID loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida 300 dan ortiq xotin-qiz gilam to‘qish, kigiz bosish, bosma" usulida kashta tikish va onlayn tijorat asoslarini o‘rgandi. “Gazeta.uz” yangi ko‘nikmalar qishloq ayollarining hayotini qanday o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.
Prezident qarori bilan hunarmandchilik va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi.
2022 yilda hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqib, hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 mln so‘mgacha kredit beriladi. Ular mablag‘larni naqd pul ko‘rinishida olishi ham mumkin.
Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil ichida 100 mln AQSH dollariga teng kredit resurlari ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga 158 ming hunarmandlar ish bilan ta’minlandi va 28 mingta loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari barcha xunarmandlarga QR kodli maxsus guvohnomalar berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting