Energetika vazirligi issiqlik stansiyalari va issiqlik markazlari mazutdan foydalanishining Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liqligini rad etdi. Vazirlik Toshkent IESda (ToshGRES) belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga mos keladigan filtrlar o‘rnatilganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatidagi “Yangi Angren” IES havoga me’yordan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani, filtrlari samaradorligi tushib ketgani va sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirgani aniqlandi. Stansiya 1 mlrd 3 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi, 11 nafar mansabdor ustidan organlarga murojaat qilindi.
Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1 GVt dan ortiq bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi qurilishi boshlandi. Ularni ishga tushirish 2025-yil oxirigacha rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 771,8 mln dollarga baholanmoqda.
Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryoda 1580 MVtli IESni qurish uchun 150 mln dollar ajratdi va 1 mlrd dollardan ortiq xususiy moliyalashtirishni jalb qildi. Stansiya gazda ishlaydi va butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 17 foizini qondirishi kutilmoqda.
Sirdaryo viloyatida Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan quvvati 220 MVt gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. IES 20 noyabrdan elektr tarmoqlariga energiya yetkazib berishni boshladi. U yiliga 1,7 mlrd kVt/soat energi ishlab chiqarish mumkin.
«Talimarjon» IES BAAning «Mubadala» va «Taqa» kompaniyalari yordamida modernizatsiya qilinadi. «Masdar» kompaniyasi Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Navoiyda quyosh va shamol elektr stansiyalarini quradi. Mazkur loyihalarga jami $3 mlrd jalb etiladi, bunda mahalliy mahsulotlar va ishchi kuchidan foydalaniladi.
Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirdi hamda Sirdaryo viloyatida yana bir IES qurilishini boshladi. Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari ramziy tugmani bosib, Qibray tumanidagi IESni ishga tushirdi va Xovos tumanidagi IES qurilishini boshlab berdilar.
O‘zbekiston EDF, Nebras Power, Sojitz Corporation va Kyuden International konsorsiumi bilan Sirdaryo viloyatida 1,6 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasini imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Quvvati 1,56 GVt va umumiy qiymati 1,2 mlrd dollar bo‘lgan IES oxirgi yillarda mamlakatda quriladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi bo‘ladi. Loyiha Germaniyaning Siemens Energy, Fransiyaning YeDF va Niderlandiyaning Stone City Energy kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlari operatori mintaqa energiya tizimidagi uzilishlar O‘zbekistondagi Sirdaryo IESda sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli yuz berganini yana bir marta tasdiqladi.
Toshkent viloyatida Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan 240 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi.
Buxoro viloyatida yangi 270 MVt quvvatga ega gaz porshenli IESning birinchi energiya bloki ishga tushirildi. IES Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan DXSH asosida qurilgan.
Fitch Rating agentligi prognozlariga ko‘ra, «O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari 2030 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishda issiqlik elektr stansiyalari ulushini 75 foizdan kamroq darajagacha qisqartirish imkonini beradi.
Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli Sirojiddin Shodiyev uyida o‘zini osgan holda topilgan. Xabarga ko‘ra, marhum IESda sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha tergovga jalb qilingan.
Yangi — Angren IES 5 blokidagi rejali xizmat ko‘rsatish paytida portlash yuz berdi. Hodisa natijasida uch kishi olingan jarohatlar sababli vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting