Ota-onasi yoki yaqin qarishdoshlari bilan Rossiyaga borgan, ammo vasiylari deportatsiya qilingach, vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Rossiyaning Novosibirsk va Moskva shaharlarida qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular ota-onasining ishonchnomasi asosida yaqin qarindoshlari bilan RFga borgan, ammo bu yuridik kuchga emas, deb tushuntirdi IHMA.
IHMA Toshkentda Yandex Go bilan birgalikda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasini ishga tushirdi. Xizmat ilovada narx o‘zgarmagan holda maxsus funksiyalarni, masalan, nogironlar aravachasidagi foydalanuvchilarga yordam, nutqi va eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun chatni o‘z ichiga oladi.
IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Shuningdek, bu hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylanadi. Ehtiyojmandlarni ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.
Prezident topshirig‘iga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish maqsadida shu yo‘nalishdagi federatsiyalarni o‘z ichiga olgan Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. IHMA direktorining o‘rinbosarlari tashkilot tuzilmalaridagi mas’ul lavozimlarga saylandi.
Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoyalashga qaratilgan “Inson” loyihasi uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha, jumladan, 50 mingdan ortiq aholiga sifatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting