Toshkent shahrida harakatlanuvchi avtobuslardan birida 37 yoshli erkak voyaga yetmagan o‘g‘il bolaga shilqimlik qildi. U qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.
Telegram`dagi “Nazorat Uz” kanali ma’murlari ovqatlanish tarmoqlari rahbarlaridan katta miqdorda pul talab qilganlikda gumonlanmoqda. Ular oshxonada suvarak chiqqani aks etgan videolar borligini aytib, tadbirkorlarni qo‘rqitgan. Holat yuzasidan uch kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili Toshkentda 238,8 kg bunday moddalar musodara qilingan. Jinoyatga qarshi kurashish uchun nimalar rejalashtirilmoqda?
IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Axrorjon Atxamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Tashxodjayev va IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov lavozimidan ozod etildi.
Toshkent shahrida oktabr oyi boshida 32 nafar giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Toshkent shahar IIBB futbol muxlislarini O‘zbekiston-Eron terma jamoalarining “Bunyodkor” stadionida bo‘ladigan uchrashuviga ertaroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirdi. O‘FA muxlislarga maydonga tushish qat’iyan man etilganini eslatdi.
Toshkentdagi Vestminster universiteti qoshidagi litsey oldida joylashgan ko‘cha qismi bir tomonlama qilib qo‘yildi. Asfalt yangilanib, to‘xtash joylari chizildi. Lekin haydovchilar ulardan foydalanmayapti. Foto.
JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.
IIBB Uchtepa tumanida 26 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan ayolni aniqlandi. Ularning 13 nafar yosh farzandi ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi. Ayollarning ayrimlari pul topish uchun o‘zgalarning yosh farzandini ijaraga olgani aniqlandi. Fuqarolarga profilaktik tushuntirish berildi.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tovlamachilikda gumon qilinayotgan “Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayevni qo‘lga oldi. U avvalroq qidiruvga berilgandi.
Toshkent shahar Tergov boshqarmasi tomonidan ikki shaxs firibgarlikda gumonlanib ushlandi. IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan fuqarolar tegishli joylarga murojaat qilishini so‘radi.
22-sentabr kuni Toshkent shahri sudi binosiga bomba o‘rnatilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Poytaxt IIBB xavotirga berilmaslikni so‘rab, Toshkent shahri sudi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston qiynoqqa qarshi o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega, dedi ombudsman Toshkent shahri IIBBda gumonlanuvchining o‘lganiga munosabat bildirarkan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat uchun jazo muqarrar, lekin bu jazo sud orqali tayinlanishi kerak.
2002-yilda qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib, qidiruvga berilgan 48 yoshli erkak Qozog‘istondan, 2015-yilda bosqinchilikda gumonlanib, qidiruvga berilgan shaxs esa Rossiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Oxirgi vaqtlarda bola o‘g‘irlash bilan bog‘liq xabarlar ko‘paygani munosabati bilan Toshkent shahri IIBB brifing o‘tkazdi. Unga ko‘ra, poytaxtda so‘nggi 5 yilda birorta ham bunday holat qayd etilmagan. 2022 yilda 231 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yo‘qolgan, ammo ularning bari topilgan.
Toshkentda fuqarolarning bank kartalaridagi pullarini aldov yo‘llari bilan o‘zlashtirish holatlari keskin oshdi. 2022-yilda bunday kiberjinoyatlar oqibatida toshkentliklar kamida 45,2 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Bu pullarning bor-yo‘g‘i 9,2 mlrd so‘mga yaqini undirib berilgan. IIBB keng tarqalgan usullarni sanadi.
Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi. Oqibatda bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi. Hozirda yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Toshkent IIBB xodimlari bir sutkada doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 25 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular oziq-ovqat va issiqlik bilan ta’minlandi, ba’zilari tibbiy yordamga muhtoj edi. Fuqarolardan yordamga muhtoj odam aniqlansa, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi.
Tarmoqlarda Olmazor tumanida o‘ldirib ketilgan profilaktika inspektorini o‘z mashinasida ayol kishi bilan suhbatlashib o‘tirganida, ayolning eri rashkdan pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB marhum ayol chaqiruviga binoan borgani, qotillik mashinada emas, tayanch punktida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda 3 kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori (zelyonka) sepgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB voqea Bo‘stonliqda sodir bo‘lgani va yigit giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting