«ilma» tegli maqolalar


O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar
16 dekabr 2024, 12:06 1

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar

Hukumat O‘zbekistonda qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqladi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd so‘m bo‘lishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham belgilangan.

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda
3 dekabr 2024, 17:35

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

RISE Research tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2023-yili yarim mln fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, kriptoindustriyadagi provayderlarning aylanmasi esa mlrd dollardan oshgan.

HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konlarda sotish mumkin bo‘ladi — ILMA
26 sentabr 2024, 13:16

HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konlarda sotish mumkin bo‘ladi — ILMA

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat o‘yinidan olingan HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konda sotish mumkinligini ma’lum qildi. Kriptoaktivlar aylanmasi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi.

Hamster Kombat kabi o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi? ILMA tushuntirishi
25 iyun 2024, 16:10

Hamster Kombat kabi o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi? ILMA tushuntirishi

O‘zbekiston fuqarolari Hamster Kombat va shunga o‘xshash o‘yinlarda tangalarni qonuniy ravishda sotib olishlari va sotishlari mumkinmi, bunday o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi, to‘plangan tangalar kriptoaktiv sanaladimi? ILMA mazkur savollarga javob berdi.

Toshkentda Binance kriptobirjasiga doir sud jarayoni davom etmoqda
8 may 2024, 22:31

Toshkentda Binance kriptobirjasiga doir sud jarayoni davom etmoqda

Toshkentda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining da’vosi bo‘yicha Binance xalqaro kriptobirjasi ishiga doir sud jarayoni davom etmoqda. “Gazeta.uz” uchinchi yig‘ilishda ishtirok etdi.

Kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar oshirildi
21 mart 2024, 10:45

Kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar oshirildi

O‘zbekistonda kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar mos ravishda 1,8 va 9 baravarga oshirildi. ILMA xabarida aytilishicha, ularning faoliyati yetarli darajada rentabel va o‘zgarishlar ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

“Qimor va bukmekerlikni qonuniylashtirish jamiyatning o‘zida bahsli masala” — ILMA
8 fevral 2024, 00:25

“Qimor va bukmekerlikni qonuniylashtirish jamiyatning o‘zida bahsli masala” — ILMA

O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va bukmekerlikni qonuniylashtirish masalasi jamiyatning o‘zida munozarali, shu bois Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hozir bu boradagi pozitsiyasini ko‘rib chiqmoqda, dedi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.

Binance xalqaro kriptobirjasi O‘zbekistonda litsenziyasiz ishlagani uchun jarimaga tortildi
4 yanvar 2024, 22:45

Binance xalqaro kriptobirjasi O‘zbekistonda litsenziyasiz ishlagani uchun jarimaga tortildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance xalqaro kriptobirjasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi. Platforma operatsiyalarni jinoiy faoliyatdan olingan kriptoaktiv hamda mablag‘lar bilan amalga oshirishi aniqlandi. Shuningdek, kriptobirja O‘zbekistonda litsenziyasiz ishlaydi. ILMA Binance`ga jarima soldi.

ILMA elektron tijorat regulyatoriga aylanadi
3 dekabr 2023, 14:17

ILMA elektron tijorat regulyatoriga aylanadi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) O‘zbekistonda elektron tijorat bozori hamda lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish sohasida regulyatorga aylanadi. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va kapital harakati bilan bog‘liq pul o‘tkazmalari banklar tomonidan bloklanishi mumkin.

ILMA O‘zbekiston kapital bozori regulyatoriga aylanadi
4 sentabr 2023, 22:55

ILMA O‘zbekiston kapital bozori regulyatoriga aylanadi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kapital bozori sohasidagi vazifalari, funksiya va vakolatlarini o‘z zimmasiga olib, ushbu soha regulyatoriga aylanadi. ILMA, shuningdek, kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” tartiblarini belgilaydi.

O‘zbekistonda litsenziyasi bo‘lmagan kriptobirjalarga kirish cheklandi — ILMA
11 avgust 2022, 17:41

O‘zbekistonda litsenziyasi bo‘lmagan kriptobirjalarga kirish cheklandi — ILMA

Kriptoaktivlar aylanmasi sohasini tartibga soluvchi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mashhur kriptobirjalarning saytlariga kirish ularning faoliyat yuritish uchun litsenziyasi bo‘lmagani sababli bloklanganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting